

Ushbu mulohazalarga Marokash qirollik futbol federatsiyasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi. Mazkur bayonotda bir qator federatsiyalar birlashgan bo'lib, ular orasida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham bor.
Kabo-Verde, Kyurasao, O'zbekiston, Kongo, Gaiti, Jazoir, Tunis, Marokash, Misr, Gana, Senegal,Kot-d'Ivuar va Janubiy Afrika futbol assotsiatsiyalari UEFA prezidenti Aleksander Cheferinning yaqinda FIFA Jahon chempionati formatini kengaytirish borasida bildirgan fikrlari hamda ko'plab o'yinlarni qiziqarsiz deb tariflaganidan chuqur xafsalalari pir bo'lganini ma'lum qilgan.





