

O'yindan so'ng gol muallifiga aylangan mezbonlar futbolchisi G'anisher Qodirov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin haqida fikringiz…
- O'yin qiyin o'tishini bilardik. Xuddi shunday ham bo'ldi. Ko'plab vaziyatlar yuzaga kelganiga qaramay, ulardan unumli foydalana olmadik. Murabbiylar ko'rsatmalariga amal qilib, g'alabaga erishdik.
- Sizni ikkinchi davrada boshqa klubda ko'ramizmi?
- Hozircha takliflar bo'lmadi. “Sho'rtan” bilan 2 yillik shartnomam bor, shu yerda qolsam kerak.
- "Sho'rtan"ga rahbariyat tomonidan qo'yilgan vazifalar haqida…
- Oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Nasib bo'lsa, buni uddalaymiz.



