JCH-2026. Niderlandiya - Yaponiya 1:1 (matnli translyatsiya)

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2026, 01:45
JCH-2026 "F" guruhidan o'rin olgan Niderlaniyad hamda Yaponiya terma jamoalari o'rtasidagi 1-tur bahsini matli translyatsiyada kuzatib borishingiz mumkin.

Jahon chempionati, “F” guruhi

Niderlandiya - Yaponiya 1:1 LIVE

Gol: Virjil van Deyk 51, Keito Nakamura 57.

Niderlandiya: Verbryuggen, Dumfris, van Deyk, van de Ven, van Xekke, de Yong, Gravenberx, Reynders, Malen, Gakpo, Sammervill.

Yaponiya: Sudzuki, Ito, Vatanabe, Taniguti, Kamada, Sano, Doan, Nakamura, Kubo, Ueda, Maeda.

62. Yaponiya goldan keyin jonlandi. Hujumlar ham paydo bo'la boshladi.

61. Raqibning qarshi hujumini to'xtatgani uchun Sammervill ogohlantirildi.

57. GOOOOOOOOOL! Yaponlar javob qaytarishmoqda. Keito Nakamuraning zarbasidan so'ng Maedaga tekkan to'p darvozadan joy oldi. 1:1

54. Gol o'tkazib yuborgan yaponlar hali ham butun jamoa bo'lib himoyalanishmoqda.

51. GOOOOOOL! Virjil van Deyk qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. Ajoyib gol. “Uchar gollandlar” hisobni ochishdi.

46. Ikkinchi bo'lim start oldi!

Birinchi bo'lim golsiz yakun topdi.

45+2' Donell Malenning jarima maydonchasiga uzatgan xavfli to'pini himoyachi uzoqlashtirdi.

45' Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45' Ayase Uedaning jarima maydonchasi ichidagi parashut zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.

43' Keyto Nakamura yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi - uning zarbasi chap tomondan noaniq ketdi.

40' Denzel Dumfrisning uzatmasi himoyachilar tomonidan to'sib qolindi.

36' Kodi Gakpo jarima zarbasidan keyin to'pni egallab oldi, ammo zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

35' Keyto Nakamura qo'l bilan o'ynadi, Niderlandiya jarima zarbasi tepadi.

34' Mikki van de Ven bosh bilan yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi - to'p darvoza ustidan ketdi.

34' Donell Malen burchak zarbasidan keyin bosh bilan zarba berdi, ammo darvozabon to'pni oson ushlab oldi.

33' Niderlandiya burchak zarbasi ishladi.

30' Denzel Dumfris yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi, ammo to'p darvoza ustidan ketdi.

28' Xiroki Itoning zarbasi noaniq chiqdi.

23' Havo harorati yuqori bo'lgani sababli o'yinda suv ichish uchun tanaffus e'lon qilindi.

19' Donell Malen xavfli hujumga chiqdi, ammo himoyachi unga yetib oldi.

14' Yaponiya burchak zarbasi ishladi, ammo himoyachilar xavfni bartaraf etdi.

8' Frenki de Yong qo'pol qoidabuzarlik qildi.

6' Mikki van de Ven fol ishlatdi - Yaponiya jarima zarbasi tepadi.

3' Donell Malen yaqin masofadan katta imkoniyatni boy berdi, darvozabon ajoyib seyv qildi.

1' Uchrashuv boshlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia