Seten: "Hammasi yaxshi bo'ldi, faqat..."
07 fev 2020 10:20
Yangiliklar
Seten: "Hammasi yaxshi bo'ldi, faqat..."
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten Ispaniya Kubogi 1/4 finali doirasidagi "Atletik"dan (0:1) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Futbolda o'tkazgan har yilimda shunday holatga guvoh bo'laman, siz bitta zarba bilan gol urishingiz mumkin, boshqa kuni esa 10ta zarba ham golga aylanmaydi. SHunday narsalar borki, uni murabbiylar ham, o'yinchilar ham nazorat qila olishmaydi, bu ham ulardan biridir. Hammasi yaxshi bo'ldi, faqat natijadan boshqa.
De Yongga simulyaciya uchun berilgan sariq kartochka? Men de Yong bilan bo'lgan vaziyatni ko'rmadim. Menga bu yaqqol fol deb aytishdi, ammo men hakamlar ishini tahlil qilmayman", - deydi Seten.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Kubogi 1/4 finali doirasidagi "Atletik" - "Barselona" o'yinida mezbonlar g'alaba qozonishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar