So’nggi yangiliklar

07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  0 07:25МЛС. Месси захирадан майдонга тушиб, ғалаба голини урди  0 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  2 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   50 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  4 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6

Sergey Lushchan: “O'yinimiz qovushsa, raqiblarimizga qiyin bo'ladi” Yangiliklar

Sergey Lushchan: “O'yinimiz qovushsa, raqiblarimizga qiyin bo'ladi”

“Zob-Ahan” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg'ochlar” ishtirok etishdi.

Unda bosh murabbiy Sergey Lushchanga himoyachi Dilshodbek Ahmadaliev xamrohlik qildi.

- Isfahon shahrida yana bir bor bo'lib turganimdan xursandman. Bu erdagi mehmondo'stlik uchun katta rahmat aytaman. Bevosita o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, ertaga yaxshi o'yin bo'ladi, deb o'ylayman. SHogirdlarimdan yaxshi va munosib o'yin ko'rsatib, muxlislarimizga xushkayfiyat ulashishlarini istardim, - deb gap boshladi Sergey Ivanovich.

- Guruhdagi vaziyatidan kelib chiqib ayta olasizmi, “Bunyodkor” ertangi bahsda jamoangiz qanday taktikada to'p tepadi?
- Biz guruh favoriti emasligimizni yaxshi bilamiz. Osiyo CHempionlar ligasining “pley-off” bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, asosiy to'rga chiqqanimizning o'zi katta yutuq bo'lgan. Uch yildan buyon yangi tarkib tuzayapmiz. 2014 yilda jamoaning kelajak strategiyasi o'zgarib, asosiy etiborni o'z futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilariga qaratganmiz. SHunday ekan, maqsad sari bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan intilyapmiz. Hozirgi tarkibimiz bilan ichki musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish asosiy maqsad qilib belgilangan. Masalan, “zayavka”dan o'tkazgan 45ta futbolchimizning atigi 6 nafar 25 yoshdan yuqori bo'lganlar. Jamoaning o'rtacha yoshi esa 20,2ni tashkil etmoqda. Bu yigitlar bilan ishlashda davom etamiz va ishonamanki xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlar ham asta-sekinlik bilan keladi.

- “Bunyodkor” Isfahonga bir qator yo'qotishlar bilan kelgan...
- Ha, Jovlon Ibrohimov va Alisher Sanoev jarohatlari bois Toshkentda qolishgan. Vadim CHemirtan o'tgan uchrashuvda qizil kartochka olgan va ertaga bizga yordam bera olmaydi. Eronga 16ta futbolchi bilan kelganmiz: shularning 2tasi darvozabon. O'ylaymanki, jarohat olganlarni o'rnini bosa oladigan boshqa futbolchilarimiz bor va ularga ishonamiz.

- Ertangi bahsdan qanday natija kutayapsiz?
- Men tahmin qilishni yoqtirmayman. Toshkentda kechgan bahsda o'yinimiz qovushmagan edi. O'ylaymanki, ertaga futbolchilarimiz o'zlarining eng yaxshi sifatlarini namoyish etishadi. Tarkibimizda iqtidorli yoshlar ko'p. Ularga barqarorlik etishmayapti. Ishonamanki, o'yinimiz qovushsa raqiblarimizga qiyin bo'ladi.

- Ertaga bizni oson bo'lmagan bahs kutmoqda. Yutsak kurashni davom ettiramiz. SHunday ekan, g'alaba qozonishga va muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - deydi Dilshodbek Ahmadaliev.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика