So’nggi yangiliklar

02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  21 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  1 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  0 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  2 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  1 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  3 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  15 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  24 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3

Fevzi Davletov: "Gol o'tkazib yuborganimizda jahlim chiqdi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Gol o'tkazib yuborganimizda jahlim chiqdi"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Bunyodkor" (3:1) uchrashuvidan so'ng "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- Ikkala jamoa ham bugun yaxshi o'yin o'tkazdi. Biz uchun g'alaba juda muhim edi. Yigitlar harakter ko'rsatib, chiroyli o'yin namoyish etishdi. Chiroyli gollar ko'rdik. Termizda bunday gollarni urmaganimizga ancha bo'lgandi. Yigitlarni va bizni qo'llab turgan muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Raqobatchimizga qarshi o'yinda uch ochko muhim edi, g'alaba orqali turnir jadvalida biroz bo'lsa-da yuqoriladik. To'g'ri, o'yinni yaxshi boshlay olmadik. "Bunyodkor" ikki vaziyatda bizni kechirdi. Ikkala jamoada ham vaziyatlar bo'ldi, ammo omad bizga kulib boqdi.

- "Nasaf"ga qarshi o'yindan nimalar kutyapsiz?

- Kelasi o'yinimiz "Qo'qon-1912"ga qarshi kechadi. Jamoa tezroq tiklanib olishi kerak, chunki 17 avgust kuni "Qo'qon-1912"ga qarshi o'ynaymiz. Hozir bor etibor shu uchrashuvga qaratilgan. Ilk navbatda yigitlarni tiklash kerak. Bu uchrashuv biz uchun juda muhim. Hozirdan aytaman: qiyin uchrashuv bo'ladi. Chunki Qo'qonda bahs olib boramiz. Keyin esa "Nasaf" haqida o'ylaymiz.

 - Birinchi davrada jamoaning asosiy hujumchisi Muhammadali Abdurahmonov bo'ldi. Rustam Turdimurodov esa uch uchrashuvda uchta gol urdi va shu orqali u asosiy hujumchiga aylandimi? Ikkinchi savolim, Asilbek Jumaev yil oxirida Evropaga yoki o'zimizning grand jamoalardan biriga o'tishi haqida gap-so'zlar bor.

- Muhammadali Abdurahmonov va Abdug'afur Haydarov birinchi davrani yomon o'tkazganini barcha ko'rdi. Turdimurodovni kuzatib borayotgandik, u jamoani kuchaytirdi. Abdurahmonov va Turdimurodov yaxshi juftlik hosil qilishdi. Bu kelajak uchun katta qadam. Ularning ikkisi ham raqib darvozabonini ko'p bezovta qilmoqda va ko'plab vaziyatlar yaratmoqda. Jamoamdagi istalgan futbolchi etakchi bo'la oladi deb o'ylayman. Hozir barcha futbolchilar o'z vazifasini bajarmoqda. Muhammadali, Asilbek, Rustamning barchasi o'z rolini yaxshi bajaryapti. Jamoamizning rivojlanish yo'li biroz o'zgardi. Chunki 8 nafar futbolchi ketgan bo'lsa, qo'l ostimizda qolgan kam o'yin amaliyotiga ega futbochilarga imkon beryapmiz. Hali bu o'z mevasini beradi.

- Yozda 8 nafar futbolchining ketishi Sizni qanchalik ranjitdi?

- Futbolchilarning o'zi qo'yib yuborishimizni so'radi. Ular boshqa klublarda to'p tepishni istashdi. Rahbariyatga bu maqul keldi. Futbolchilarga boshqa joydan taklif bo'lsa, ularni qo'yib yuborish bo'yicha kelishuv bor edi. "Surxon"ning vazifasi shunday: o'zbek futboli rivoji yo'lida futbolchi tarbiyalash.

- "Bunyodkor" gol urganidan keyin Sizni asabiy holda ko'rdik.

- Gol o'tkazib yuborganimizda jahlim chiqdi. Maqsad nolga o'ynash edi.

- Bugun Behruz Shaydulov "Surxon" tarkibida 150-o'yinini o'tkazdi.

- Uni mening nomimdan tabriklab qo'ying (kuladi).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика