So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  0 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  5 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Ilyos Zeytullaev: "Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Bunyodkor" (3:1) uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bu bahsdan ko'p narsa kutgandik. Uchrashuvni yaxshi boshladik. Ammo o'tkazib yuborilgan gol futbolchilarimizga birmuncha yomon tasir qildi. Biz "Surxon" texnik jihatdan yaxshi futbol namoyish etishini bilardik. Bu jamoa xatolarni kechirmaydi. Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak.

- "Bunyodkor" grand jamoalar bilan yaxshi o'ynayapti. Biroq o'rtamiyona klublarga kelganda o'zgarib qolyapti. Bu nima bilan bog'liq?

- Bu savolga bitta javob yo'q. "Surxon" ham, biz ham futbol o'ynashni yaxshi ko'ramiz. Lekin futbolda himoyaviy o'yinni maqul ko'radigan jamoalarga qarshi harakat qilish oson emas. Biz ham jamoa sifatida shakllanishga harakat qilyapmiz. Bizda yoshlar ko'p va ularni sekin-asta tarbiyalab boramiz. Ochiq futbol namoyish etadigan jamoalar bilan o'ynash ancha oson. "Paxtakor", "Neftchi" kabi klublarga qarshi alohida ruhiy tayyorgarlik ko'rish shart emas. O'rtamiyona klublar bilan maydonga tushganda mushkul vaziyatga tushib qolyapmiz.

- "Bunyodkor"ni yarim himoyachilar tark etdi va shundan so'ng markazda muammolar yuzaga kelgandek.

- Agar siz Odil Hamrobekovni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, juda yaxshi saviyadagi futbolchi jamoamizni tark etdi. Menga Hamrobekovning o'yinga va mashg'ulotlarga bo'lgan munosabati juda yoqdi. U bilan atigi 6 oy ishladik va uning ishga bo'lgan munosabati juda zo'r bo'ldi. Lekin xayrlashishga to'g'ri keldi. Odilning ketishi jamoamizdagi yoshlarga imkoniyat yaratadi. Buni ham hisobga olish lozim. Yoshlar o'sib borishi uchun maydonga tushishlari kerak. Hamrobekov Eronga borgach, yangi jamoasi bilan ilk sovrinni qo'lga kiritdi. Yani, u Eron Superkubogi sohibi bo'ldi va bu yutuq bilan tabriklayman. Biz esa ishlashda davom etamiz.

- Birinchi davra oxirida Nosir Abdusalomov yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Ammo hozirgi paytga kelib bu futbolchi zaxirada qolib ketyapti. Bu nima bilan bog'liq?

- Bu ko'proq uning jismoniy holati bilan bog'liq. FIFA kunlari paytida Nosir terma jamoaga ketdi va qaytib kelganidan so'ng jismoniy holatini tiklash ustida ish olib bora boshladi. U mehnat qilishda davom etsa oldinda yaxshi kelajak kutib turibdi.

- Ijtimoiy tarmoqlarda Siz haqingizda iliq gaplar yuribdi va Zeytullaevga birorta terma jamoani berish kerak deb yozishyapti.

- Men hali ancha o'sishim kerak. Erta-indin nima bo'lishini bilmayman, lekin terma jamoada ishlash sharoiti tug'ilsa bundan g'oyat mamnun bo'laman. Hozir esa "Bunyodkor" bilan Superligada o'ynash juda yoqyapti. "Bunyodkor"dek katta klubda ishlash men uchun sharaf. Har kunlik ishimdan zavq olyapman. Kelajakda nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика