"Nyukasl" A Seriyadan Isakka o'rinbosar topdi
15 avg 16:24
Yangiliklar


"Nyukasl" A Seriyadan Isakka o'rinbosar topdi
"Nyukasl" rahbariyati jamoada o'ynashni istamaydigan va mashg'ulotlarni o'tkazib yuborayotgan shveciyalik hujumchi Aleksander Isakning o'rniga futbolchi topib qo'ydi.
"La Gazzetta dello Sport" malumotlariga ko'ra, "hakkalar" skandinaviyalik forvard o'rniga Turinning "Yuventus" klubidan serbiyalik Dushan Vlaxovichni sotib olmoqchi. Serbiyalik hujumchi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar "Nyukasl"ga o'tishi mumkin.
Qayd etish joiz, “Yuventus” murabbiylar shtabi yangi mavsumda Vlaxovichga ishonch bildirmasligini aytgan. Ayni damda ekspertlar serbiyalikning transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.
Dushan Vlaxovich o'tgan mavsum "keksa sinora" tarkibida Italiya chempionatida 29 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar