So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Sergey Lushchan: "Kim xato qilsa shu yutqazishi sezilgandi" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Kim xato qilsa shu yutqazishi sezilgandi"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Maydonda kurash kechdi. Derbi o'z nomi bilan derbi bo'ldi. Raqib birinchi bo'limda katta hududga ega chiqdi. Bizda esa hujumda hech nima o'xshamadi. O'yin golga qadar davom etdi. Kim xato qilsa shu yutqazishi sezilgandi. Uyda mag'lub bo'lish doim alamli. O'tkazib yuborilgan golda darvozabonimizni ayblay olmayman. Shunchaki zarba kuchli chiqdi. Bunday gol bo'lib turadi. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bu jamoa tarkib bo'yicha bizdan kuchli.

- "Navbahor" o'z o'yinini ko'rsatishi uchun nima xalaqit berdi? 

- Raqib xalaqit berdi. Xatolarni hamma qilishi mumkin. Biz ham, raqib ham xatoga yo'l qo'ydik. Lekin bitta gol bo'ldi. "Andijon" bilan o'yinimizni oling, 0:0 tugashi ham mumkin edi. Lekin biz bitta zarba yo'lladik. Bu - futbol.

- Mavsum oxirida "Navbahor"ni yuqori o'rinlarda ko'ramizmi? Muxlislarga shuni vada qila olasizmi?

- Men bashoratchi emasman. Ishlashda davom etyapmiz, to'xtab qolganimiz yo'q. Bizda muammolar bor, balki bu muammolar boshqalarga nisbatan ko'proqdir. Mavsum oxirida qaysi o'rinda bo'lishimizni bilmayman. Yanvardagi yig'inda faqat bitta futbolchi bor edi. Qaysi murabbiy 5 oyda jamoa tuzganini menga keltiring-chi. Gvardiola jamoa tuzishi uchun klub 1,5 milliard sarfladi. Shunda ham uchinchi mavsumga kelib "Siti" chempion bo'ldi. Bizda lekin bunaqa imkoniyat yo'q, cho'ntagimiz to'la pul ham yo'q. 2027 yil biz ham chempion, ham Kubokni yutishimiz kerak. Buning uchun hamma narsa bo'lishi kerak.

- O'yindan keyin darvozabonga nima dedingiz?

- Ruhan qo'llab-quvatlashga harakat qildik. To'g'ri, xato qildi, lekin nailoj. U yaxshi darvozabon. Futbolda hamma xato qiladi. Ko'p o'yinlarda maydonga tushyapmiz va mag'lubiyatni tezroq unutib oldinga qarashimiz kerak. Asosiy etiborni Kubok bahsiga qaratamiz.

- Bugun standart vaziyatlar o'xshamadi. 

- Bizda Jiyanov, Komilov kabi standartlarni yaxshi ijro etadigan futbolchilar bor. Hozirgi zamon futbolida standart vaziyat muhim ahamiyatga ega. Hamma shunday o'ynashga o'rganib qoldi. Bugun ham harakat qildik, lekin o'xshamadi. Bizda oson o'yinning o'zi yo'q. Hamma jamoalar yaxshi saviyaga chiqib oldi. Xatolarni tahlil qilib ishlashda davom etamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика