So’nggi yangiliklar

20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  45 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2

Sergey Arslanov: "Pley-offda qanday raqib bilan o'ynashimizning farqi yo'q" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Pley-offda qanday raqib bilan o'ynashimizning farqi yo'q"

O'zbekiston Kubogi 3-turi doirasida "Qo'qon-1912" mag'lub etilganidan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Sergey Arslanov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Hayrli kech. O'yin haqidagi eng asosiy gapim - bugun qilgan barcha ishlarimiz o'xshadi. O'yinning o'zi kurashlarga boy o'tdi, jamoalar yaxshi tashkillashtirilgan o'yin o'ynashdi. Bugun mashg'ulotlardagi ishlanmalarni amalda, o'yinda ko'rsata oldik. Birinchi bo'lim haqida gapirish qiyin, chunki juda issiq bo'lganligi sababli ikki jamoa ham futbol namoyish qilishi qiyin bo'ldi. Bu harakatlardan ham sezilib turdi. Ikkinchi bo'limda havo biroz salqin bo'lganidan keyin harakatlar ham ko'paydi. Zaxiradan tushganlar esa o'yinni kuchaytira olishdi, o'yinga temp qo'shishdi. Ular bilan ko'proq xavfli vaziyatlar yaratishni boshladik. O'z navbatida natija ham shunga yarasha bo'ldi.

- "Surxon" pley-off bosqichiga chiqdi. Jamoa ilk bosqichda o'ziga qanday raqib tushishini istaydi?

- Ilk navbatda shuni aytayinki, biz pley-offga chiqishga loyiq edik. Umuman olganda, bizning guruhdan chiqishimiz nafaqat o'zimizga, balki, guruhdagi boshqa raqiblarning ham natijalariga bog'liq edi. Endi biz uchun raqibning ahamiyati yo'q. CHunki pley-offda etarlicha kuchli raqiblar bo'ladi. Kim bilan o'ynasak ham, qiyin o'yin o'tkazamiz. Oldimizdagi o'yinlar uchun ishlashda davom etamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика