So’nggi yangiliklar

18:19Нойер жароҳат олди  0 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  3 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  0 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  0 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  2 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  3 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  11 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  50 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  19

"2027 yilgi futbol bo'yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori elon qilindi Yangiliklar

"2027 yilgi futbol bo'yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori elon qilindi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

2027 yilda O'zbekiston va Ozarbayjonda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha U-20 Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish hamda Xalqaro futbol associaciyalari federaciyasi va Osiyo futbol konfederaciyasining nufuzli yirik musobaqalarini o'tkazish maqsadida qaror qilaman:

I. Ustuvor yo'nalishlar

1. 2027 yilda futbol bo'yicha U-20 Jahon chempionatini (keyingi o'rinlarda – Jahon chempionati) tashkil etish va o'tkazishning ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

(a) Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish, uni yuqori darajada o'tkazish;

(b) Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha Xalqaro futbol associaciyalari federaciyasi (keyingi o'rinlarda – FIFA) talablariga muvofiq zarur bo'lgan infratuzilmani yaratish;

(v) Jahon chempionati ishtirokchilari va muxlislariga yuqori darajadagi xizmatlarni ko'rsatish uchun qulay sharoitlar yaratish;

(g) Jahon chempionatini o'tkazish orqali mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi o'rni va nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.


II. Jahon chempionatini o'tkazish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar

2. Quyidagilar:

(a) 2025 yil 2 oktyabr kuni FIFA Kengashi tomonidan futbol bo'yicha Jahon chempionatini O'zbekiston va Ozarbayjonda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilinganligi malumot uchun qabul qilinsin;

(b) 2027 yilgi futbol bo'yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita (keyingi o'rinlarda – Tashkiliy qo'mita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

(v) 2027 yilgi futbol bo'yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Tashkiliy qo'mitaga (A.Aripov) quyidagi vazifalar yuklatilsin:

(a) Jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha masul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

(b) FIFA talablariga muvofiq Jahon chempionati o'tkaziladigan obektlarning infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy texnik va telekommunikaciya uskunalari bilan jihozlanishini taminlash;

(v) Jahon chempionati ishtirokchilarining O'zbekistonga kelib-ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport, tibbiy xizmat ko'rsatish va volontyorlik masalalarini muvofiqlashtirish;

(g) Jahon chempionati bo'lib o'tadigan hududlarni uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan taminlash, obodonlashtirish ishlari o'z vaqtida va sifatli bajarilishini taminlash;

(d) Jahon chempionati bo'lib o'tadigan hududlarda futbol stadionlari, mashg'ulot maydonlari va mehmonxonalarni tayyor holatga keltirish.

4. Belgilansinki, Tashkiliy qo'mitaga ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bilan bog'liq tezkor qarorlarni qabul qilish vakolati beriladi.


III. Moliyaviy resurslar

5. 2027 yilgi futbol bo'yicha U-20 Jahon chempionati doirasida amalga oshiriladigan xarajatlar va ularni moliyalashtirish manbalari ro'yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Sport vazirligi va O'zbekiston futbol associaciyasining talabnomalariga asosan Transport vazirligi:

(a)  Jahon chempionatida akkreditaciyadan o'tgan shaxslar hamda o'yin kunlari chiptalari mavjud bo'lgan shaxslarning jamoat transporti vositalarida borib kelishi uchun Toshkent – Yangi Toshkent – Toshkent yo'nalishida alohida avtobuslar qatnovini yo'lga qo'ysin;

(b) Jahon chempionatida akkreditaciyadan o'tgan shaxslar hamda o'yin kunlari chiptalari mavjud bo'lgan shaxslar uchun jamoat transporti vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyatlarini yaratish choralarini ko'rsin.


IV. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

7. FIFA va O'zbekiston futbol associaciyasining Toshkent shahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisini (keyingi o'rinlarda – mintaqaviy ofis) ochish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.

8. Belgilansinki:

(a) mintaqaviy ofisni tashkil etish va saqlash xarajatlari birinchi navbatda FIFA tomonidan ajratiladigan mablag'lar, etmagan qismi esa O'zbekiston futbolni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan, biroq umumiy xarajatlarning 50 foizidan oshmagan miqdorda qoplanadi;

(b) mintaqaviy ofis Toshkent shahri Islom Karimov ko'chasi 98a-uy manzilida joylashgan O'zbekiston futbol associaciyasining binosida beg'araz asosda joylashtiriladi;

(v) mintaqaviy ofis binosini tamirlash, zarur mebel, jihoz, texnika va transport vositalari bilan taminlash xarajatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 noyabrdagi PQ–355-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasidan ajratiladigan mablag'lar hisobidan qoplanadi. Bunda minimal saqlash talablari O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan belgilanadi.


V. Qaror ijrosini tashkil etish, taminlash va nazorat

9. Jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida:

(a) O'zbekiston futbol associaciyasi Yangi Toshkent shahri hududida barpo etilayotgan “Yangi Toshkent markaziy futbol o'yingohi” FIFA va Osiyo futbol konfederaciyasining nufuzli musobaqalar o'tkazish bo'yicha talablariga moslashtirilishini nazorat qilsin;

(b) O'zbekiston futbol associaciyasi Sport vazirligi bilan birgalikda:

(i)  Jahon chempionatining rasmiy futbol to'pini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari hamda boshqa rasmiy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish choralarini ko'rsin;

(ii) Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo'ylab marshrutini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini tashkil etsin;

(v) Energetika vazirligi Jahon chempionati obektlari va Xalqaro translyaciya markazini FIFA talablari bo'yicha uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan taminlasin;

(g)  O'zbekiston futbol associaciyasi 2026 yil 1 yanvarga qadar FIFA talabi asosida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha mahalliy ishchi guruh (Local Organization Committee) tashkil etsin.

10. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi:

(a) FIFA tomonidan belgilangan talablarga muvofiq Jahon chempionati uchrashuvlarini efirga uzatish huquqi uchun licenziya olish choralarini ko'rsin;

(b) Jahon chempionatini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo'yicha mediarejani ishlab chiqsin;

(v) mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar elon qilinishi, brifinglar, tematik teleko'rsatuvlar tayyorlanishini tashkil etsin.

11. Sport vazirligi va O'zbekiston futbol associaciyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

(a) uch oy muddatda mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq xarajatlarni moliyalashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;

(b) 2026 yil 1 mayga qadar Vazirlar Mahkamasining FIFA bilan erishilgan kelishuvdan kelib chiqib, Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish va yuqori saviyada o'tkazish doirasida FIFAga, uning azolari va hamkorlariga, tashkil etilayotgan mahalliy ishchi guruhga, tadbirkorlik subektlari va muxlislarga taqdim etilayotgan qulaylik va imtiyozlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritsin.

12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o'tkazish uchun talab etiladigan mablag'lar 2026–2027 yillarda Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini taminlasin.

13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov, O'zbekiston futbol associaciyasi raisi B.N. Kurbanov hamda Toshkent shahar hokimi SH.B. Umurzakov belgilansin.

14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo'yicha vakili O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

SH. Mirziyoev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика