So’nggi yangiliklar

19:18"Пахтакор" легионерлари: кимлар қолди, кимлар кетди?  3 18:50"Бунёдкор" академияси учун 2025 йил қандай ўтди?  1 18:23Интервью. Андрей Шипилов: "Уч йил ҳеч қаерда кўзга ташланмадим, "Зенит"да малака оширдим"   6 17:57АПЛнинг ноябрдаги энг яхши мураббийи аниқ  2 17:35АПЛнинг ноябрдаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  2 17:14"Бавария" "Боруссия Д" ҳимоячиси билан музокаралар олиб бормоқда  0 16:34"Ливерпуль" ПСЖ вингерини Салоҳга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 15:59Бундеслиганинг ноябрь ойидаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  1 15:32"Фенербахче" сардори ҳибсга олинди. У нимада айбланмоқда?  1 15:05"Қўқон-1912" грузиялик ярим ҳимоячи билан ҳамкорликни давом эттиради  1 14:44"Ювентус" ва "Интер" Украина терма жамоаси етакчисига қизиқиш билдирмоқда  0 14:10"Манчестер Юнайтед" молиявий ҳисоботни тақдим этди. Рэтклиффнинг кескин қарорлари қандай самара берди?  0 13:37Муҳаммад Салоҳ Саудияда ўйнаган собиқ жамоадоши билан учрашди  6 13:06"Динамо" яна бир дарвозабон билан келишувни узайтирди  0 12:58Суперлига-2025. Уйда Сергеев, меҳмонда Норчаев гол уришни яхши кўради  1

Intervyu. Andrey Shipilov: "Uch yil hech qaerda ko'zga tashlanmadim, "Zenit"da malaka oshirdim" Yangiliklar

Intervyu. Andrey Shipilov: "Uch yil hech qaerda ko'zga tashlanmadim, "Zenit"da malaka oshirdim"

O'tgan mavsumda Superligada o'rnini saqlab qolgan "Qo'qon-1912" murabbiylik postida o'zgarish yuz berdi.

Jamoani tajribali mutaxassis Andrey Shipilov qabul qilib oldi. "Paxtakor", O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoasida, "Metallurg", "Dinamo" kabi jamoalarda ishlagan murabbiy endilikda "shunqorlar"ga ustozlik qiladi. Biz Andrey Shipilov bilan bog'lanib, uch yildan keyin qaytgani, "Qo'qon-1912"ga kelishi, tarkib va maqsadlar haqida suhbatlashdik. 

- "Qo'qon-1912" jamoasi bosh murabbiyiga aylandingiz. Bu qanday yuz berdi?

- Barchasi tezda va oddiy yuz berdi. O'zaro ichki suhbat bo'lib o'tdi. Klub rahbariyati tomonidan professional taklif bo'ldi. Chamasi 24 soat ichida hal qildik. Men uchun muzokaralarga jiddiy yondashishdi. 

- Oxirgi bor 2022 yil Samarqandning "Dinamo" jamoasida faoliyat olib borgandingiz. Uch yil murabbiy uchun katta tanaffus emasmi? Qaytish qanday hissiyotlarni berdi?

- To'g'ri aytdingiz, uch yil ko'zga ortiqcha tashlanmadim. Men oddiy odamman va shunday hayot tarzini maqul ko'raman. Albatta, bu orada intervyu so'rab murojaat qilganlar etarlicha bo'ldi. Qaysidir uchrashuvlarni bevosita stadiondan tomosha qildim. Men muntazam ravishda tashrif buyuradigan "Lokomotiv" futbol klubining stadionida hozirda tamirlash ishlari olib borilmoqda. "Jar"dagi 2 ta o'yinga tashrif buyurdim. Taxminan 20 yildan buyon ikkita mamlakatda istiqomat qilib kelaman. Shuningdek, menga "Gazprom Arena" stadionida "Zenit" jamoasi o'yinlarini tomosha qilish ham yoqadi. U erdagi muhitni alohida takidlagan bo'lardim.

- Bu davrda nima bilan mashg'ul edingiz?

- Shaxsiy va oilaviy ishlar bilan ham band bo'ldim. "Zenit" klubida malaka oshirdim. Ammo ushbu jarayondan hech qanday suratlar tarqalmadi, sababi qilayotgan ishlarimni ko'z-ko'z qilishni yoqtirmayman. Men eski avlod vakiliman (kuladi).

Hissiyotlar? Men butun umrim davomida futboldaman. 6 yoshimda futbolga kelgan bo'lsam, deyarli 50 yildan buyon futboldan boshqa ish qilmadim. Hamma yosh toifalaridan o'tdim. Turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda to'p tepdim. O'zbekistonda ham, Rossiyada ham yaxshi jamoalarda o'ynadim. Ha, men balki top futbolchi emasdirman. "Spartak"da (Moskva) o'ynamagandirman. Lekin u davrdagi futbol darajasi ham ancha yuqori edi. Rossiya ligalarida, O'zbekiston chempionatida ham yaxshi saviyadagi futbolchilar ko'p bo'lgan. O'sha davr bilan bugungi kunni solishtirishni istamagan bo'lardim. Bu shunchaki shaxsiy fikrim.

Men butun umrimni futbolga bag'ishladim. Futbolning barcha bosqichlaridan o'tdim, "B", "A" va Pro licenziyalariga o'qidim. Bizga Germaniya, Shveycariya, Daniyadan juda yaxshi mutaxassislar kelgan. Milliy va olimpiya terma jamoalari, "Paxtakor" klubi bilan Turkiya, BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa joylarga xorij safariga chiqqanimizda, munosib sparring-raqiblar bilan ro'baro' kelganmiz. Axir, men futbolga vazirlik yoki birorta davlat tashkilotidan kelib qolmaganman. Butun umrim davomida futbolning ichidaman. Jismoniy tarbiya oliygohini tamomlaganman. U erda bizga yuqori saviyadagi o'qituvchilar talim bergan. Pro va "A" licenziyalariga o'qish jarayonida ham kuchli mutaxassislar bilan ishlaganmiz. Jumladan, mahalliy ustoz Rustam Akramov ham. Ajoyib davr edi. Shuning uchun barchasini boshidan o'qib o'rganishim shart emas. Hozirgi davrda kompyuter, internet, televizor bor. Maslahatlashadigan, fikr almashadigan insonlardan iborat kichik doiram bor.

- Yangi jamoada oldingizga qanday maqsad va vazifalar qo'yildi?

- Maqsad va vazifalar juda oddiy — klub yildan-yilga kuchayishi zarur. Bu mavsum jamoa malum o'rinni egalladi. Bunda murabbiylar shtabi va futbolchilarning mehnati samarasi. Ular katta ko'lamdagi ishni bajarishdi. Klub yuqori divizionga qaytib, o'rnini saqlab qoldi va munosib o'yin ko'rsatdi. Shunchaki, bazi vaziyatlarda omad ulardan biroz yuz o'girdi. 2026 yilda esa mana shu natijani yaxshilash talab etiladi. Qandaydir keskin o'zgarishlar, katta qadamlar bilan emas, asta-sekinlik bilan. Uch-to'rt pog'ona yuqoriroq, keyingi yil yana shunday o'sish — bu rivojlanish. Birdaniga erishiladigan yutuqlarning umri qisqa bo'ladi. Siz reja asosida, mustahkam poydevor bilan ish qilsangiz, samarasini uzoq yillar ko'raverasiz. Bu mening shaxsiy fikrim.


- Keyingi mavsumda "Qo'qon-1912"ning tarkibi qanday ko'rinishda bo'ladi?

- Tarkib? Tajribali futbolchilar etarli, ulardan bazilari 2025 yilda ham to'p tepgan. Mahalliy futbolchilardan iborat o'zak mavjud va bu meni, albatta, quvontiradi. Sifatli legionerlar ham yo'q emas. Tarkibdagi raqobatni yanada kuchaytirish uchun kerakli nuqtalarga yangi futbolchilar transferini amalga oshirish zarur. Darvoza chizig'imiz ancha kuchli, deya olaman. Uch nafar posbon mehnat qilishadi. Sekin-asta boshqa chiziqlarda ham variantlar sonini oshirishga harakat qilamiz. Misol uchun, hujum chizig'ida, qanotlarda... O'zimizdan yosh, iqtidorli futbolchilar etishib chiqsa, yaxshi bo'lar edi. Biroq hozircha ular eng yuqori darajada raqobat qilishga tayyor emas. Shu tufayli, aytganimdek, zarur nuqtalarga yangi futbolchilarni jalb qilishga urinamiz.

- Ortda qolgan mavsum qaysi tomonlama qanday taassurot qoldirdi?

- Bilasizmi, ortda qolgan chempionat shaxsan menda ikki xil taassurot qoldirdi. Ko'p jamoalar o'z imkoniyati darajasidan past harakat qildi. Ulardan bazilari bo'lishi kerak bo'lmagan o'rinlarni egallashdi. "Sho'rtan" juda yaxshi jamoa, "Mashal" ham raqobat qila oladi. Ular bilan birga menga "Xorazm" jamoasi o'yini ham manzur keldi. Hakim Fuzaylov va sport direktori Ro'zimboy Ahmedovning mehnati bor. Aytganimdek, ayrim klublar imkoniyatlaridan to'laqonli foydalana olmagandek. Ammo ularning ishiga batafsil to'xtalib o'tirmayman. Meni hozir faqatgina mehnat shartnomam bo'lgan "Qo'qon-1912" jamoasi qiziqtiradi.

Munosib darajani ushlab tura olgan yagona klub — "Neftchi". Ular haqli ravishda chempionlikka erishishdi. Jamoa g'alabagacha bo'lgan malum yo'lni bosib o'tdi. Murabbiylar va ko'plab futbolchilarni ham etirof etish kerak. Ayrim o'yinchilarga alohida respekt. Misol uchun, Yovan Jokich, Boyan Ciger, Ikrom Aliboev, Jamshid Iskanderov... Yaxshi tayyorgarlik ko'rgan Farg'ona raqiblaridan ikki bosh ustun edi. Aynan 2025 yilda "Neftchi" barcha jihatlar bo'yicha rostmanasiga top klub bo'ldi. Ettinchi va sakkizinchi o'rinlargacha bo'lgan boshqa klublar unchalik hayron qoldirishmadi. Ular o'z imkoniyati darajasidan pastroq natija qayd etishdi. Ikki-uchta jamoa azolari esa asirga olinganlarga o'xshadi. Ular maydonga ham majburlikdan tushayotgandek tasavvur uyg'ondi, lekin bu — ularning ichki ishi, muammosi. Vitaliy Levchenko va klub rahbariyatiga ham ofarin deyish mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

   
12 dek 19:24:56
Saidjamol
Ҳайдаров охирги ўйинларни жуда яхши ўтказган эди. Пахтакор, Динамо ва бошқа кучли рақибларга ютқазмади. Ўйинини топгандай эди. Лекин алмаштиришипти. Яхшиликка дейишдан бошқа чора йўқ.
Нефтчи мухлиси
   
12 dek 19:24:00
Хожиакбар Хаитназаров
Ҳа майли кўрайликчи нима каромат кўрсатар экансан, балким пойқадаминг ёқиб Қўқон 1912 жамоаси юқори ўринларга чиқар.
   
12 dek 19:21:54
Abdusalom Mirzayev
Муаммо йўқ, лекин шу футбол ичида катта бўлган билан савия ошиб қолмас эканда.
   
12 dek 19:17:19
STENLESS..R
Тугри кузга ташланмадинг Кукон оркали Яна синаб курамиз Зинитда кандай малака оширганингни
   
12 dek 19:17:01
David Terezege
Андижон жамоасида уйнаган пайтларини гапириб утмабти ,
Майли урнига мен гапириб куяман.
Андижон да Энг Зур уйинларини уткизга у пайтларда Андижоннинг Навруз жамоаси эди
   
12 dek 19:15:03
BXZ BXZ
Ку́кон-1912 га омад тилайман лекин шахсий фикрим мураббий танлашда адашди деган тахминдаман . Бундан Бахром Хайдаров савиялирок деган фикрдаман .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика