Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgani yarim yil bo'lgan Milinkovich-Savich Evropaga qaytmoqchi
23 jan 2024 20:51
Yangiliklar
Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgani yarim yil bo'lgan Milinkovich-Savich Evropaga qaytmoqchi
"Al Hilol" klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich jamoani tark etmoqchi.
Futbolchi yaqin orada "Lacio"ga qaytmoqchi. Xabaringiz bor, 2015 - 2023 yillar davomida Savich Rim klubi sharafini himoya qilgan. Yozda serbiyalik futbolchi 25 million evro yillik maosh taklif qilgan Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga ko'chib o'tgandi.
"II Messaggero"ning xabariga ko'ra, o'tgan hafta Milinkovich-Savich Ar Riyod aeroportida Italiya Superkubogi o'yiniga tashrif buyurgan "Lacio" futbolchilarini uchratib qolgan. 28 yoshli futbolchi ularni sog'inganini va Rim klubiga qaytishni xohlashini aytgan.
Takidlab o'tamiz, Milinkovich-Savichning "Al Hilol" bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Yozda arablar yarim himoyachini 40 million evro evaziga sotib olgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar