Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" mavsumda ilk bor ochko yo'qotdi. Ronaldu 957-golini urdi
31 dek 00:56
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" mavsumda ilk bor ochko yo'qotdi. Ronaldu 957-golini urdi
"Al Nassr" Saudiya chempionatida bu mavsum ilk bor ochko yo'qotdi.
12-tur doirasida "Al Ittifoq" mehmoni bo'lgan Ronaldu jamoadoshlari 2:2 hisobidagi durangga rozi bo'lishga majbur bo'lishdi. Mezbonlardan har ikkala golni "Liverpul"dagi o'yinlari bilan tanilgan Veynaldum kiritdi, mehmonlardan esa Feliks hamda Ronaldu gol urdi. 90+3-daqiqada Kingli Koman ustunni poyladi, "Al Nassr" katta ustunlikka ega bo'lganiga qaramay g'alaba qozona olmadi.
Ayni paytda "Al Nassr" jadvalda 31 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Al Hilol" zaxiradagi o'yinini yutsa, oradagi farq ikkitaga qisqaradi.
"Al Ittifoq" – "Al Nassr" 2:2
Gollar: Veynaldum 16, 80 – Feliks 47, Ronaldu 67
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar