Yaypanga katta futbolni qaytarish harakatlari boshlandi
01 jan 00:15
Yangiliklar
Liga "Yaypan" klubi tuzilmasini o'rganishni boshladi. Farg'ona viloyati hokimi tashabbusi bilan klub tez orada Liga azolari safiga qabul qilinishi ko'zda tutilgan.
Tumanda "Turon" futbol klubidan meros bo'lib qolgan tayyor infratuzilma mavjud. Yaypan klubi Farg'ona viloyati futbol associaciyasi qoshida tashkil etilgan bo'lib, u ayni vaqtda sobiq Turon klubining bazasi va stadionlaridan foydalanmoqda. Shuningdek, Yaypan o'z futbol maktabiga ega. Liga talabiga ko'ra, futbol maktabining 2008-2015-yil yosh toifalari bo'yicha eng kamida 25 nafardan tarbiyalanuvchisi bo'lishi lozim. Yanvar oyi davomida klub o'z tarbiyalanuvchilarini MyLeague platformasiga yuklashi ko'zda tutilgan.
"Yaypan" 2025-yilgi Farg'ona Ikkinchi ligasida o'tkazgan, yakunda viloyat kubogini qo'lga kiritgan. Yaypan tumanida joylashgan stadion maydonini qayta jonlantirish va Liga talablariga moslash rejalashtirilgan bo'lib, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov mazkur ishlar to'liq amalga oshirilishi yuzasidan kafolat bergan.
"Yaypan" klubining Ligadagi maqomi, tumandagi futbol maydoni parvarishini yaxshilash va uni sifatli holatga keltirish masalalari Liga tomonidan o'rganiladi. Keyingi barcha masalalar Liga rasmiy sahifalari orqali yoritib boriladi", -deyiladi O'zPFL xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar