Evropaning TOP klublariga "Al Hilol" futbolchisi kerak
31 dek 10:06
Yangiliklar
Evropaning TOP klublariga "Al Hilol" futbolchisi kerak
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" himoyachisi Joau Kancelo yanvar oyidagi transfer oynasida klubni tark etishi ehtimoli yuqori.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Manbaning so'zlariga ko'ra, "Inter" Kanceloni sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Shuningdek, "Barselona" va "Yuventus" ham so'nggi 48 soat ichida "Al Hilol" bilan bog'lanib, Kanceloning tranferi bo'yicha malumot olishgan.
31 yoshli Kancelo 2024 yilning yozidan beri "Al Hilol"da o'ynab kelmoqda. Bu mavsumda portugaliyalik futbolchi klub safida oltita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Joauning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar