MYU 85 mln. evroga sotib olgan hujumchi ketma-ket 8 ta o'yindan beri gol urmayapti
31 dek 13:53
Yangiliklar
MYU 85 mln. evroga sotib olgan hujumchi ketma-ket 8 ta o'yindan beri gol urmayapti
"Manchester Yunayted" hujumchisi Benyamin Sheshko golsiz seriyasini sakkizta o'yingacha uzaytirdi.
22 yoshli sloveniyalik APL 19-turi doirasida 20-o'rindagi «Vulverxempton»ga qarshi uy uchrashuvini to'liq o'tkazdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.
Sheshko qatorasiga 8 o'yindan beri (terma jamoa o'yinlarini inobatga olganda – 10 ta) gol urmayapti va ushbu davr mobaynida faqat 1 ta golli uzatma berdi – "Brayton" (4:2) bilan uchrashuvda.
Benyamin MYU safida 16 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi (sentyabr oxiri va oktyabr boshida) va 1 ta assist amalga oshirdi. Hujumchi yozda «RB Leypcig»dan bonuslarni inobatga olganda 85 million evro evaziga sotib olingandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar