"Manchester Siti" APL tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biri bo'yicha katta moliyaviy yo'qotishga uchrashi mumkin
01 jan 11:41
Yangiliklar
"Manchester Siti" APL tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biri bo'yicha katta moliyaviy yo'qotishga uchrashi mumkin
Biroq "shaharliklar" safida u o'zini to'liq namoyon etolmadi, vaziyatni esa "Everton"ga ijaraga o'tishi biroz o'zgartirdi. Hozirda u aynan shu klubda qolishi mumkin.
Moliyaviy ekspert Stefan Borsonning fikricha, agar "irislar" Grilishning shartnomasini to'liq sotib olishni istasa, buni ancha arzon narxda amalga oshirsa bo'ladi.
"Bu futbolchi atrofida bozorda jiddiy raqobat borligini ko'rmayapman. O'ylaymanki, u "Everton"da o'zini baxtli his qilyapti. Menimcha, "Everton" uni eng ko'pi bilan 20 mln funtga sotib olishi mumkin.
Agar "Siti" bitimning so'nggi yilida uni amortizaciya qilingan qiymatiga sotib yuborish imkoniga ega bo'lsa (yozga borib bu taxminan 20 million funt bo'ladi), klub maosh yukidan qutulish uchun hatto kichik yo'qotishga ham rozi bo'ladi.
Shundan so'ng u faoliyatini xotirjam "Everton"da davom ettiradi va shu bilan masala yopiladi. Men uning "Siti"ga qaytishi uchun real istiqbol ko'rmayapman, boshqa jamoaga yo'l olish ehtimoli bor ham deb o'ylamayman. Shu bois bu variant eng mantiqiysi", – dedi Borson.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar