"Inter", "Barselona" va "Yuventus" Joau Kanseluga qiziqmoqda
01 jan 09:58
Yangiliklar
"Inter", "Barselona" va "Yuventus" Joau Kanseluga qiziqmoqda
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi himoyachisi Joau Kanselu qishki transfer oynasidayoq jamoasini o'zgartirish niyatida.
Mashhur insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, joriy mavsumda Saudiya chempionatida atigi ikki uchrashuvda maydonga tushgan portugaliyalik futbolchi Evropaga qaytish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Futbolchi uchun asosiy davogar sifatida Milanning "Inter" klubi ko'rilmoqda. "Neradzurrilar" Kanseluni ijara asosida tarkibga qo'shib olish bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib bormoqda. "Barselona" ham himoyachiga qiziqish bildirmoqda, biroq kataloniyaliklar uchun ehtimoliy transfer moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya etilishiga bog'liq bo'ladi. Shuningdek, futbolchining agenti Jorje Mendesh "Yuventus" bilan ham aloqaga chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar