Aleksandr Andronikashvili: "Andijon"ga o'tishim juda tez va kutilmaganda sodir bo'ldi"
01 jan 11:10
Yangiliklar
Aleksandr Andronikashvili: "Andijon"ga o'tishim juda tez va kutilmaganda sodir bo'ldi"
Tez orada tarkibga qo'shiladigan ushbu o'yinchi klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.
— “Andijon” klubiga o'tishingiz qanday yuz bergani haqida to'xtalib o'tsangiz.
— Bilasizmi, hammasi juda tez va kutilmaganda sodir bo'ldi.
— Adashmasam, siz “Dila” jamoasi bilan ikkita sovrin yutdingiz. Endi “Andijon” bilan ham birga sovrin yutmoqchidirsiz-a?
— Ha, 2025-yil bu borada muvaffaqiyatli bo'ldi. Men “Andijon” bilan maksimal maqsadlar uchun kurashish borasida qo'limdan keladigan hamma narsani qilaman.
— Faoliyatingizda ilk bor legioner sifatida chetda to'p tepasiz. Bungacha nega legionerga aylanmagansiz?
— Ilgari ham variantlar bor edi. Lekin men to'g'ri vaqtni va to'g'ri tanlov uchun jamoani kutayotgandim. Ishonchim komilki, bu qarorim muvaffaqiyatli bo'ladi.
— O'zbek futbolini va xususan “Andijon” haqida nimalarni bilardingiz?
— O'zbekistonda futbolni juda yaxshi ko'rishlarini eshitdim. “Andijon”ga kelsak, ularning o'ziga xos muxlislari borligini bilaman.
— “Andijon” klubidan taklif haqida eshitganingizda ilk fikringiz qanday bo'ldi?
— Menga ko'p narsalar yoqdi. Avvalo, murabbiy, muxlislar, mashg'ulot bazasi va stadion.
— Yangi jamoada qaysi raqamda o'ynashni xohlaysiz?
— Bu unchalik muhim emas. Lekin 6-raqam yaxshi bo'lardi. Chunki men bu raqam bilan muvaffaqiyatli mavsumlarni o'tkazganman.
— Yana bir gruziyalik futbolchi — Ashortiya ham “Andijon”da to'p tepadi. U bilan ham gaplashdingizmi?
— Ha, albatta. Men u bilan gaplashdim va O'zbekistonda o'ynash tajribasiga ega bo'lgan gruzin jamoadoshimga ega bo'lish juda yoqimli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar