APLdan yana bir himoyachi "Liverpul" taklifini rad etib, "Real"ni tanladi
01 jan 12:23
Yangiliklar
APLdan yana bir himoyachi "Liverpul" taklifini rad etib, "Real"ni tanladi
Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Uzoq vaqt davomida Gexi "Liverpul"ning transfer maqsadi bo'lib keldi. "Qizillar" o'tgan yozdayoq futbolchini safiga qo'shmoqchi edi, ammo londonliklar bosh murabbiyi Oliver Glasner o'yinchini jamoada saqlab qolishni talab qildi.

Angliyalik himoyachi shartnoma bo'yicha oxirgi yilini o'tkazayotgani sababli kelajagi haqida mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega. Oxirgi malumotlarga ko'ra, 25 yoshli markaziy himoyachi "Liverpul" emas, balki "Real"ga o'tishni afzal ko'rmoqda.
Qizig'i shundaki, "qirollik klubi"ga o'tish variantiga hatto "qizillar"ning amaldagi futbolchisi — himoyachi Ibraima Konate ham moyil ekani aytilmoqda. U haligacha "Liverpul" bilan bitimni uzaytirgani yo'q. Endi barchasi "qaymoqranglilar" qaroriga bog'liq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar