Roberto Di Matteo murabbiylik faoliyati tiklash haqidagi savolga javob berdi
31 dek 21:56
Yangiliklar
Roberto Di Matteo murabbiylik faoliyati tiklash haqidagi savolga javob berdi
Londonning "Chelsi" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Di Matteo o'z faoliyatini davom ettirish mavzusida fikr bildirdi.
— Siz doimo murabbiy bo'lishni xohlaganmisiz?
— Yo'q. Futbolchilik faoliyatim davomida bu haqda o'ylamaganman, hatto uni tugatganimdan so'ng ham bunga ishonchim komil emas edi. Bu rejalashtirilmagan edi.
— Nima uchun so'nggi paytlarda Angliyada murabbiylik qilmadingiz?
— "Aston Villa"dan keyin futbolda turli rollarda o'zimni sinab ko'rdim va hayotimda yaxshi muvozanat topdim. Hali ham takliflar olaman, ammo ular ilgarigidan kamroq. Hozir qilayotgan ishimdan juda mamnunman.
— Siz uchun murabbiylik hayotingizning yopiq sahifasimi?
— Yo'q, aslo unday emas. Shunchaki, hozirda bu sohada faol ish qidirish bilan shug'ullanmayapman. Ammo kelajakda nima bo'lishini kim biladi?" — deya Di Matteoning so'zlarini keltiradi Livesport Daily nashri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar