So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  0 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  4 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  1 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  0 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  4 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Luis de la Fuente: "Messi va Ronaldu faoliyatini yakunlamasliklari kerak" Yangiliklar

Luis de la Fuente: "Messi va Ronaldu faoliyatini yakunlamasliklari kerak"

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026-yilgi Jahon chempionatida guruhdagi raqiblar haqida fikr bildirdi.

- Keling, eng so'nggi mavzudan boshlaylik: Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay sizni qaysi jihatdan tashvishga solmoqda?

- Hali vaqt bor va biz raqiblarimiz haqida malumot to'plash bosqichidamiz. Lekin maqsadimiz faqat guruh bosqichidan o'tish emas, bosqichma-bosqich yurib finalga chiqishimiz lozim. Bu esa eng kuchli raqiblar bilan to'qnashishimizni anglatadi.

Nisbatan oson guruhga tushish shunchaki jiddiyroq o'yinlar uchun yo'l ochadi. Ammo Saudiya Arabistoni so'nggi jahon chempionatida Argentinani mag'lub etganini va Urugvay futbol tarixining ajralmas qismi ekanligini eslatib o'tmoqchiman. Menimcha, maqsad birinchi o'rinni egallash, chunki har qanday xato Mayamining issiq va nam iqlimida birinchi bosqichda Argentinaga qarshi o'yinga olib kelishi mumkin. Asosiy rejamiz - har bir o'yinda g'alaba qozonish, ammo pley-offda juftliklar qanday bo'lishini oldindan aytish qiyin. Biroq men bu haqda bosh qotirmayapman; finalga chiqish uchun dunyoning eng kuchli jamoalariga qarshi bir nechta juda murakkab o'yinlar o'tkazishimiz kerakligini bilaman.  Har holda, Argentinaga o'xshagan jamoaga qarshi kuchimizni sinab ko'ramiz. Buning sababi, Belsa Urugvay terma jamoasini boshqarayotgani. Urugvay terma jamoasi juda raqobatbardosh va unda ajoyib futbolchilar o'ynaydi. Jamoa yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqda. Men Belsaning muxlisiman.

- Finalissimada Ispaniyaning navbatdagi raqibi Argentina bo'ladi. Bu o'yin terma jamoaning jahon chempionati arafasidagi shaklini ko'rsata oladimi?

- Xo'sh, men bu o'yinda ishtirok etishni xohlayman, chunki u Evropa va Janubiy Amerika chempionlari o'rtasidagi uchrashuvdir, shuningdek, Argentinadek raqibga qarshi o'ynashni istayman. Har ikki jamoaning salohiyatini sinovdan o'tkazishdan tashqari, meni ko'proq yana bir finalda qatnashish va yangi unvonni qo'lga kiritish imkoniyati qiziqtiradi.

- Messi hamon qo'rqishga arziydimi yoki u avvalgidek emas?

- Messi faoliyatini yakunlamasligi kerak bo'lgan futbolchilardan biri. Xuddi Krishtianu Ronaldu singari. Ular ajoyib.

Messi finalda yoki jahon chempionatida qanday shaklda bo'lishidan qati nazar, u birgina detal bilan o'yinni o'zgartira oladigan futbolchilardan biri. Shuning uchun men Leoning karerasi va kelajagiga to'liq hurmat va hayrat bildiraman," - dedi de la Fuente.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика