Saka mashg'ulotlarga qaytdi: "Real"ga qarshi o'ynaydimi?
28 mar 14:41
Yangiliklar
Saka mashg'ulotlarga qaytdi: "Real"ga qarshi o'ynaydimi?
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka jarrohlik amaliyotidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.
Saka o'zining Instagram sahifasida mashg'ulotdan lavha bilan bo'lishdi: "Yana bir bor salom", deb yozdi. Londonliklar etakchisi formasini tiklab, "Real"ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/4 finaliga tayyor bo'lishiga umid qilmoqda.
23 yoshli futbolchi 21 dekabr kuni o'tkazilgan "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda (5:1) jarohat olib, operaciyaga muhtoj bo'lgan edi.
Saka uzoq vaqt maydonga tushmaganiga qaramay, 16 o'yinda 5 ta gol va 10 ta golli uzatma bilan "Arsenal"ning Premer-ligadagi eng yaxshi to'purari bo'lib qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, ECHL chorak finalidan o'rin olgan "Arsenal" – "Real" bellashuvi 8 aprel kuni bo'lib o'tadi. Ungacha "to'pchilar" APL doirasida "Fulxem" va "Everton"ga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar