So’nggi yangiliklar

02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  23 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  5 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  15 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  2 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  25 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3

Ro'ziqul Berdiev: "Suyunov muhim musobaqalarda o'zini ko'rsatishi kerak!" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Suyunov muhim musobaqalarda o'zini ko'rsatishi kerak!"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jurnalistlar savollariga javob berib o'tdi.
-   Bugun juda og'ir o'yin bo'lib o'tdi. Raqib jamoa himoyaviy o'yin ko'rsatganda gol urish tobora qiyinlashadi. O'yin boshidagi imkoniyatlardan foydalana olmaganimiz futbolchilarni asabiylashtirdi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik.

-  Artur Gevorkyan ko'p xatoga yo'l qo'ydi. Bugun u o'ziga o'xshamadi?

-  Uchrashuv boshida penaltini amalga oshirolmagandan so'ng uning kayfiyati tushib ketdi. Xatolari shu bilan bog'liq.

-  Hujumchilar o'z vazifalarini bajara olishmayapti?

-  Har bir hujumchimizga imkoniyat bermoqdamiz. Negadir gol urish qiyin kechmoqda. Yana bir tomoni biz uy uchrashuvlardan ko'ra safarda yaxshiroq o'ynayapmiz. Safarda jamoalar himoyada yotib olishmaydi.

-  Jarima maydonchasi tashqarisidan zarbalar yo'llanmayapti?

-  Menimcha, unaqa futbolchilar kamayib ketmoqda. Nafaqat “Nasaf”da, balki O'zbekiston chempionatida uzoqdan ishonch bilan zarba beradigan futbolchilar juda kam.

-  SHohruh Gadoev kecha o'rinbosarlar tarkibida to'p surdi. Uni qachon asosiy tarkibda ko'ramiz?

-  SHohruh hali asosiy jamoada o'ynashga tayyor emas. Jarohatdan endigina tuzaldi, u hali to'liq formaga kirib olgani yo'q. Uni hozirdan qiynab, yana jarohatini yangilab qo'yishni istamaymiz.

-  O'tkir Yusupov to'g'risida fikringiz?

-  Yusupov ikki o'yinda ham darvozani ishonchli qo'riqlab Suyunovning yo'qligini bildirmadi. U kelajagi bor darvozabon hisoblanadi.

-  Eldorbek Suyunovni Nesterovga munosib o'rinbosar sifatida ko'rsak bo'laveradimi?

Suyunov terma jamoa tarkibida muhim turnirlarda qatnashgani yo'q. Muhim musobaqalar uning kelajagini belgilaydi. Hozirdan xulosa chiqarishga erta!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика