Reshford "Barsa" haqida: "Angliyadan farqli o'laroq, bu erda hamma narsa shiddatli"
14 avg 00:55
Yangiliklar


Reshford "Barsa" haqida: "Angliyadan farqli o'laroq, bu erda hamma narsa shiddatli"
Markus Reshford "Barsa" bilan dastlabki mashg'ulotlardagi qiyinchiliklar haqida so'zladi.
"Bu men uchun yangi tajriba va men undan zavq olyapman. Bu erda hamma narsa juda intensiv va tez, shu jihatdan ingliz futboliga o'xshamaydi.
Tushuntirish qiyin, ammo mavsumoldi tayyorgarligi og'ir kechdi. Mashg'ulotlardan keyin juda holdan toyardim. Ob-havo ham o'z tasirini ko'rsatdi. Gap ko'p yugurish emas, balki to'pni boshqarish mashqlarida va to'p bilan doimiy ishlash zaruriyatida. Bu jihatdan aynan shiddatlilik nuqtai nazaridan hamma narsa murakkabroq.
Mavsum boshlanishini va yangi jamoalarga qarshi o'yinlarni intizorlik bilan kutyapman," - dedi "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan "Barselona" hujumchisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar