So’nggi yangiliklar

12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  5 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  1 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  16 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  1 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  12 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  5 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  15 07:22Бугун ФИНАЛ  12 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   6 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  20

Inigo "Al Nassr"ga o'tishi haqida: "Bunday taklifni ko'rganda ishona olmadim" Yangiliklar

Inigo "Al Nassr"ga o'tishi haqida: "Bunday taklifni ko'rganda ishona olmadim"

Inigo Martines "Barselona"dan ketish sabablari haqida so'zladi.

Himoyachi Kataloniya klubi bilan shartnomasini bekor qildi va "Al Nassr"ga o'tdi.

"Shartnomam tugashiga bir yil qolgandi, men 34 yoshdaman va bunday imkoniyatlar paydo bo'lganda rad etish qiyin. Ehtimol, agar shartnomam bo'yicha ko'proq vaqt qolganida, ko'proq o'ylab ko'rgan bo'lardim. Bundan tashqari, "Barselona"da katta maosh olardim, oilam ham bundan mamnun edi.

Qaror qabul qilish oson bo'lmadi, chunki xotinim va qizlarimni ham o'zim bilan olib ketayapman, lekin aniq aytishim mumkinki, shartnoma muddati uzoqroq bo'lganda, uzoqroq o'ylagan bo'lardim.

Bunday taklifni ko'rganda, hatto ishona olmadim. Hech kim bunday shartnomalarni kutmaydi - hech bo'lmaganda men. Butun faoliyatim davomida futbolda "oddiy askar" edim, harakat va ter to'kish evaziga yuqoriga ko'tarildim. Ammo bunday shartnomani olganingda, u seni, undan ham ko'proq oilangni hayratda qoldiradi.

Moliyaviy jihatdan bu ligani boshqalari bilan taqqoslab bo'lmaydi. Faoliyatimni va "Barselona"ga berganimni hisobga olib, bu qadamni qo'yishga qaror qildim. Futbolchining faoliyati qisqa va bunday imkoniyat kelganda yo'q deyish qiyin," - dedi Inigo.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика