Tezkor: "Galatasaroy" Ederson bilan kelishuvga erishdi
13 avg 21:52
Yangiliklar
L'Equipe nashrining xabariga ko'ra, "Galatasaroy" va Ederson shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Ular 2028 yilgacha uch yillik shartnoma tuzishga va Edersonga 6 million funt sterling maosh hamda qo'shimcha bonuslar to'lashga kelishib olgan.
Ederson allaqachon Pep Gvardiolaga klubni tark etish istagini bildirgan. "Galatasaroy" esa hozirda "Manchester Siti" bilan transfer narxini kelishish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Shuningdek, L'Equipe nashrining xabar berishicha, Jijo Donnarumma ham "Manchester Siti" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan va u allaqachon Pep Gvardiola bilan suhbatlashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar