Mirko Yelichich: "Yuragimning yarmi "Olimpik"da, yarmi "Lokomotiv"da bo'ldi"
13 avg 22:28
Yangiliklar


Mirko Yelichich: "Yuragimning yarmi "Olimpik"da, yarmi "Lokomotiv"da bo'ldi"
- Oldindan bu o'yin qiyin o'tishini bilardik. Hozir Pro-ligadagi barcha jamoalar yaxshi tayyorgarlik ko'rishmoqda, kayfiyat ham yaxshi bo'lmoqda. Shu sababli istalgan o'yin qiyin o'tadi, mana bugun ham shunday bo'ldi. Urilishi kerak bo'lgan bir qancha vaziyatlar bo'ldi. "Olimpik" ham harakat qildi va futbol o'ynashga intildi.
- Bunga qadar "Olimpik"da ishlagansiz. Sobiq jamoangizga qarshi o'yin haqida.
- Ha, bir tomondan qiyin, bir tomondan bu haqida gapirish kulgili. Chunki yaqindagina shu erda ishlayotgandim. Bugun ularning o'yini menga yoqdi. Jamoada yaxshi murabbiylar ish olib borishmoqda. Boshqa jamoadan bo'lib turib, boshqa jamoaga etibor berish qiyin. Ammo jamoadagi futbolchilar bir-birini qo'llab-quvvatlashi, futbol o'ynashga harakat qilayotgani menga maqul keldi. Bizga uch ochko juda ham kerak edi. Sobiq jamoam deb qarab o'tirolmasdim. Lekin yuragimning yarmi "Olimpik"da, yarmi "Lokomotiv"da bo'ldi. Chunki o'g'lim ham "Olimpik"da o'ynamoqda.
- Jamoaga yangi kelgan futbolchilar haqida fikringiz. Mavsumning ikkinchi yarmi oldidan jamoaga 6 futbolchi kelib qo'shildi.
- Barchasini vaqt ko'rsatadi. Yigitlar bir-birlarini tushunishni boshlashmoqda. Hozircha yomon emas. Moslashish yakunlanmas ekan, asosiy tarkib uchun kurashish oson bo'lmaydi. Biroq rivojlanishda davom etish kerak, chunki chempionat davom etmoqda va rivojlanishda, izlanishda harakat qilamiz. Yangi kelganlar o'zlarining kuchli tomonlari bilan bizga yordam bera oladi. Yangilar ushbu ligada, ushbu jamoada o'ynashgan va shu sababli jamoa sifatida hali o'sa olishadi.
- Sadriddin Abdullaevga savol: rahbariyatdan asosiy tarkibda ishlash taklifi berilganida birdaniga rozi bo'ldingizmi?
Sadriddin Abdullaev: - Jamoaga Mirko Yelichich kelayotganini bilganim uchun birdaniga rozi bo'ldim. Chunki hali o'sishim, o'rganishim kerak. Sekin-sekin o'rganyapmiz, hali o'rganadiganimiz ko'p. O'rganishda davom etamiz va "Lokomotiv"ni o'z joyiga qaytarishga harakat qilamiz.
- "Lokomotiv"ning U19 jamoasining o'yin uslubi asosiy tarkibning o'yin uslubiga o'xshab ketadi. Bu haqida fikringiz.
- Futbolchiligimda Mirko Yelichichdan ko'p narsani o'rganganman, murabbiy sifatida ham. Shunda men ham U19 jamoani Mirkoning o'yin uslubi kabi moslashtirishga harakat qilganman. Yelichichning nimalarni talab qilishini, istashini bilaman. Balki shu sabablidir o'yin uslub o'xshab ketadi. Lekin mening hali o'rganadiganim juda ko'p. Bir oydan beri birga ishlayapmiz, bilmaganlarim hali juda ko'p ekan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar