"Qayrat"ga bir qadam qoldi. ECHL saralashining so'nggi bosqichi qanday ko'rinish oldi?
13 avg 22:46
Yangiliklar
"Qayrat"ga bir qadam qoldi. ECHL saralashining so'nggi bosqichi qanday ko'rinish oldi?
Hozirga kelib, oldinda bizni so'nggi bosqich kutib turibdi. Pley-offning so'nggi bosqichida uchrashuvlar uy-safar tizimida o'tkaziladi va ikki o'yin natijasiga ko'ra g'alaba qozongan jamoa ECHL liga bosqichiga yo'llanma oladi. Etiborlisi, davogarlar orasida Qozog'istonning "Qayrat" klubi ham bor. "Qayrat" uchun so'nggi imtihon "Seltik"ka qarshi bo'ladi. Bundan tashqari, bizni "Fenerbahche" – "Benfika" olovli to'qnashuvi ham kutib turibdi. Saralashning so'nggi bosqich o'yinlari 19-20 va 26-27 avgust kunlari o'tkaziladi.
"Ferencvarosh" – "Qorabog'" 19 avgust, 27 avgust
"Crvena Zvezda" – "Pafos" 19 avgust, 26 avgust
"Bazel" – "Kopengagen" 20 avgust, 27 avgust
"Budo Glimt" – "Shturm Graz" 20 avgust, 26 avgust
"Seltik" – "Qayrat" 20 avgust, 26 avgust
"Reynjers" – "Bryugge" 19 avgust, 27 avgust
"Fenerbahche" – "Benfika" 20 avgust, 27 avgust
Malumot uchun, yuqoridagi besh juftlik chempionlar yo'li orqali bu bosqichga etib kelishdi. Oxirgi ikki juftlik esa liga yo'li orqali ECHLga yo'llanma olishga harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar