So’nggi yangiliklar

23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:58ПСЖ ва "Тоттенхэм"нинг Европа Суперкубоги учрашуви учун таркиблари аниқ!  1 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  12 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  23 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  2 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3 21:00Суперлига. "Хоразм" "Бухоро" билан сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  13 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  4 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  2 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0

Turdimurodov o'yin qahramoniga aylangan uchrashuvda "Bunyodkor" Termizda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Turdimurodov o'yin qahramoniga aylangan uchrashuvda "Bunyodkor" Termizda mag'lub bo'ldi

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi.


"Surxon" – "Bunyodkor" 3:1 LIVE

Gol: 17 - Rustam Turdimurodov, 34 - Asilbek Jumaev (Behzod Shamsiev), 72  - Rustam Turdimurodov, 90+2 - Itsuki Urata
13 avgust 2025. Termiz, "Surxon Arena". 20:00
Hakamlar:
Naim Qosimov, Zufar Eliboev, Artyom Kalinin, Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Elnur Doniyorov

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 4.Nodirxon Nematxonov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (2.Behruz Karimov,71), 8.Humoyun Sherbo'taev ( 15.Diyor Ramazonov,81), 10.Rustam Turdimurodov (  9.Muhsin Bozorov, 81), 22.Javohir Jo'raev, 24.Sherzod Komilov (18.Nodir Abduxoliqov, 59), 27.Asilbek Jumaev, 66.Behruz Shaydulov, 77.Asadbek Karimov (19.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 59).
Zaxira: 86.Davron Merganov,14.Sarvar Abduhamidov, 20.Sardorbek Mahmudov, 26.Behruz Shukurullaev.

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Nikoloz Mali, 5.Aleksandr Zevadinov ( 25.Itsuki Urata,46), 8.Martin Shroler (17.Ollobergan Karimov ,76), 9.Imeda Ashortia, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Marko Bugarin, 18.Narimonjon Ahmadjonov (28.Matiya Krivokapich, 46), 23.Asadbek Rahimjonov, 57.Amir To'raqulov (10.Rasul Yo'ldoshev, 76), 77.Muzaffar Olimjonov (21.Nosirjon Abdusalomov, 46).
Zaxira: 22.Valijon Rahimov,  30.Sardor Abdunabiev, 33.Abdulaziz Abdurashidov, 66.Azizbek To'lqinbekov.



YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. Bugungi uchrashuv yirik hisobda yakunlangan bo'lsada, Toshkent jamoasi ancha yaxshi harakat qildi. Ular juda ko'plab qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Shu o'rinda, mezbonlar darvozaboni Dilshod Yo'ldoshevning ham harakatlarini eslab o'tish lozim. Darvozabon bir necha bor ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. "Surxon" esa bugun o'z imkoniyatlaridan maksimal foydalandi va Termizda  g'alabani qo'lga kiritdi

90. Muhammadali Abdurahmonov ham ajoyib zarba yo'lladi. Biroq darvozabon ajoyib seyvni amalga oshirdi

87. Urartuning zarbasi noaniq ketdi

85. Bu safar Karimov zarba yo'lladi. Biroq Behruzning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

84. Ramazonovning zarbasi noaniq ketdi

81. Bozorov va Ramazonov maydonga tushdi. Ular Sherbo'taev va Turdimurodovni alishtirishdi

77. Turdimurodovning zarbasi noaniq

76. Karimov va Yo'ldoshev maydonga tushdi. Ular To'raqulov va Shrolerni alishtirishdi

72. GOOOL. Himoyadagi qo'pol xato toshkentliklarga juda qimmatga tushdi. Turdimurodov esa haqiqiy hujumchilardek harakat qildi va hisobni yirik ko'rinishga keltirdi

71. Karimov Tursunovning o'rniga maydonga tushdi

70. Mehmonlarda yana bir imkoniyat. Ashortianing zarbasi noaniq ketdi. Bugun "qaldirg'ochlar" ko'plab qulay imkoniyatlardan foydalana olmayapti

67. Har ikki futbolchi ham maydonga qaytdi

65. Jumaev va Bugarin o'zaro to'qashib ketdi va har ikkisi jiddiy jarohat olgan bo'lishi mumkin. Shifokorlar ularga yordam ko'rsatishmoqda

65. Abdusalomov juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Chamasi uch metrlardan futbolchi juda noaniq zarba yo'llamoqda

63. Ikkinchi bo'lim birinchisiga nisbatan ancha sokin o'tmoqda. Mezbonlar yaxshi himoyalanishmoqda. Mehmonlar esa so'nggi zarba berishda qiyinchilikka uchrashmoqda

59. Abdurahmonov va Abdixoliqov maydonga tushdi. Ular Karimov va Komilovni alishtirishdi

55. Yana Doston Tursunov o'z omadini uzoq masofadan zarba yo'llab, sinab ko'rdi. Bu safar ham Abdujalilov o'z o'rnida

50. Tursunovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz bartaraf etdi

46. Zeytullaev ikkinchi bo'lim avvalida uchta o'zgarish qildi. Urartu, Abdusalomov va  Krivokapich maydonga tushdi. Ular Zevadinov, Ahmadjonov va Olimjonovni alishtirishdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+2. Turdimurodovning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

45. Hakam ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi

44. Dilshod Yo'ldoshev ham juda ajoyib harakat qilmoqda. Bu turda darvozabonlar katta sahnaga chiqishmoqda. Ikkita zarbani ajoyib tarzda qaytardi

36. Uchrashuvni ancha yaxshi boshlagan toshkentliklar oxirgi daqiqalarda umuman o'zlariga o'xshashmayapti


34. GOOOL. Shamsievdan super uzatma. Jumaev esa o'z imkoniyatidan unumli foydalandi. Shamsievning uzatmasiga esa shunchaki qoil. Shamsiev "Kross"ni "yoqib oldi"

30. Tursunov yaxshi uzatmani amalga oshirdi, Turdimurodov to'pga ozgina etib kela olmadi

26. Martin Shrolerning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Dilshod Yo'ldoshev qaytarmoqda

23. Mezbonlar ikkinchi golini urdi. Biroq Nayim Karimov zarbadan bir necha  soniya avval qo'pollik uchun xushtakni chalgandi

19. Mezbonlar ikkinchi golini ham urishi mumkin edi. Shamsievning zarbasi xavfli chiqdi. Abdujalilovdan seyv

17. GOOOL. Rustam Turdimurodov raqib himoyachilaridan qaytgan to'pni uzoqdan to'xtatmasdan zarba yo'lladi va chiroyli gol urmoqda. Uchrashuvda biroz ustunlikka ega bo'lgan "qaldirg'ochlar" o'z darvozalaridan to'p olib chiqishdi

16. Uchrashuv ancha hujumkor o'tmoqda. Jumaev chiroyli harakatlar bilan raqiblaridan o'tdi va to'pni Sherbo'taevga uzatdi. Biroq Humoyunning zarbasi noaniq

15. Mezbonlarning o'rtadagi xatosi jamoaga qimmatga tushishi mumkin edi. Biroq jamoa sardori Shamsiev ajoyib harakat qildi. U darvozabon o'rnida to'pni qaytarmoqda

14. Sherzod Komilovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi

Bugungi Behruz Shaydulov uchun "uchar tulporlar" safidagi yubiley 150-uchrashuvi bo'lmoqda

11. Mezbonlar ham asta-sekinlik bilan hujum tashkil qilishga intilmoqda. Hozircha surxonliklar safida Turdimurodov sheriklaridan ajralib turibdi

5. Yana "qaldirg'ochlar"dan hujum. Mehmonlar dastlabki 5 daqiqa ichida 3-zarbasini yo'lladi. Yo'ldoshev o'z o'rnida

4. Mehmonlar uchrashuvni hujumkor boshlashdi. Imeda Ashortianing zarbasi noaniq ketdi

2. Olimjonov chap qanotdan katta tezlikda jarima maydoni ichiga kirib zarba yo'lladi, Dilshod Yo'ldoshevdan esa ilk seyv


- O'yin boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

+4   
13 avg 21:49:00
SHAKHRISABZ
SURQASH JAMOALARIGA OMAD!
+4   
13 avg 21:38:19
Насаф 2020
Сурхонга омад Қашқадарё СЕН билан
+4   
13 avg 21:05:43
Ррр
Хар уйинда гол. Мана Турдимуродов . Баракалла Февзи. Макс ахмок шу болани патенциалини куролмаганига хайронман. Эссиз шундай хужумчини йукотди думбул макс. Сурхонга омад.
+3   
13 avg 21:34:04
Адхамжон Низамов
Сурхон ёндиряпти,олга воха
+3   
13 avg 21:33:57
Адхамжон Низамов
Сурхон ёндиряпти,олга воха
+3   
13 avg 21:21:11
Бахтиёр Ашуров
Яшавор Сурхон!
+2   
13 avg 21:46:47
bekaka
Бугун сурхон авжида
+1   
13 avg 21:37:45
Бахтиёр Ашуров
Турдимуродов ёндириябди!
+1   
13 avg 21:35:40
islombek6767
Турдимуродов: Привет Макс!
   
13 avg 22:23:49
Saidjahon
Futbol Uchun foydalanuvchining fikriga javob berish
Турдимуродовни қўйворган макс хали тажрибасиз эканлигинг билиниб қолди.Агар сен эмас клуб қўйиб юборишга мажбур қилган бўлса узр!
Шу болани кетишини йукотиш десам айримлар менга карши чикишди мана исботи.Рустамни Андижонга фойдаси тегарди.
   
13 avg 22:01:54
Ochilov Farobiddin
Админ охирида сандан фикрингди сўрадими кўт, Сурхон еб ташадику 23 та зарба берган, максимал фойдаландимуш сейвларам 6-7 хатто
   
13 avg 21:59:52
йуцу цйвцв ывыжфдвыф в
Surxon olg'aaaaaaa, gap yoq
   
13 avg 21:53:58
Futbol Uchun
Турдимуродовни қўйворган макс хали тажрибасиз эканлигинг билиниб қолди.Агар сен эмас клуб қўйиб юборишга мажбур қилган бўлса узр!
   
13 avg 21:51:58
Барса1970
45. Ҳакам иккинчи бўлимга 2 дақиқа қўшиб берди
Бир кулиб қўйдим
   
13 avg 21:49:02
Xojiakbar
Лопесни касри урди Бунедкорни
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика