So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  0 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  5 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Superliga. Qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Dinamo" va "Paxtakor" murosaga keldi Yangiliklar

Superliga. Qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Dinamo" va "Paxtakor" murosaga keldi

Superliga 18-turidan joy olgan "Dinamo" – "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

18-tur

"Dinamo" – "Paxtakor" 1:1

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Sardor Mirodilov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: To'rabek Suyunov

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

Gollar: 1:0 – 19, Richard Fraydey (Jahongir Abdusalomov), 1:1 – 85, Bobir Abdixoliqov (Hojimat Erkinov)

"Dinamo": 13.Ravshan Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov, 10.Anvar Hojimirzaev (23.Behruzbek Oblaqulov, 67), 16.Richard Fraydey (25.Oybek O'rmonjonov, 67), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (88.Marko Stanoevich, 90+2), 55.Dmitriy Pletnyov (9.Mirjahon Mirahmadov, 90+2), 99.Ulug'bek Hoshimov (37.Firdavs Abdurahmonov, 51)

Zaxira: 27.Edem Nemanov, 11.Xislat Xalilov, 14.Bahodir Nasimov, 22.Ulug'bek Abdullaev

"Paxtakor": 19.Jonatan Luis, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Aziz Turg'unboev, 11.Igor Sergeev (18.Bobir Abdixoliqov, 81), 21.Bashar Resan (8.Diyor Xolmatov, 72), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (9.Ibrohim Ibragimov, 61), 50.Flamarion (15.Hojimat Erkinov, 72), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 94.Brayan Riaskos (17.Dostonbek Hamdamov, 81)

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 2.Behruz Asqarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 77.Dilshod Saitov.

Ogohlantirishlar: Jahongir O'rozov (5), Hojiakbar Alijonov (9), Aziz Turg'unboev (41), Abdurauf Bo'riev (90+1), Hojimat Erkinov (90+10)

Chetlatish: Firdavs Abdurahmonov (90)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+10. Erkinov ogohlantirildi.

90+9. Hamdamov hujumda darvozabonga fol ishlatdi.

90+5. Mirahmadovning jarima maydonidan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydon tark etdi.

90+2. "Dinamo"da ikki o'zgarish.

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shildi.

90. Abdurahmonov qo'pollik uchun to'g'ridan-to'g'ri maydon chetlatildi.

85. GOL! Erkinovning chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va markazga pas berdi, Abduxoliqov to'pni darvozaga kiritdi.

81. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

79. "Paxtakor-79" sharafiga muxlislar tomonidan qarsak chalindi.

77. "Dinamo" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Uzatmagan suniy ofsayd qurboni bo'lgan Riaskos noaniq zarba yo'lladi.

72. Hakam penalti belgilamadi. O'yin davom etadi. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

70. Hakam VAR monitori orqali "Dinamo" darvozasiga ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda.

68. Zarba! Ratinoning zarbasini Luis egallab oldi. Keyingi hujumda Ibragimov noaniq zarba yo'lladi.

67. "Dinamo"da ikki o'zgarish.

64. Fraydey raqib posboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqqandi, ammo uning urinishi na zarbaga, na pasga o'xshadi.

63. Zarba! Alijonovning uzatmasidan so'ng Riaskos bosh bilan zarba yo'lladi, Yagudin to'pni egallab oldi.

61. "Paxtakor"da o'zgarish.

54. Alijonovning jarimadan uzatmasini mezbon himoyachilar qaytardi.

51. "Dinamo"da o'zgarish.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.

43. Ikki braziliyalik raqib – Ratino va Flamarion to'qnashib ketdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

41. Maydon markazida Fraydeyni qo'pollik evaziga to'xtatgan Turg'unboev ogohlantirildi.

39. Fraydey chap qanotdan oldinga bordi va yakunda burchak zarbasi ishladi.

36. Fraydeyning uzatmasi rekoshet hosil qilib, darvoza tomon yo'naldi. Luis qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

30. Zarba! Hojimirzaevning raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda yo'llagan zarbasi noaniq.

26. "Paxtakor" hujumlar tashkil etmoqda, ammo himoyachilar ishonchli harakat qilmoqda. 

19. GOL! "Paxtakor" darvozaboni Jonatan Luisning to'pga chiqishda yo'l qo'ygan qo'pol xatosidan so'ng "Dinamo" yarim himoyachisi Richard Fraydey bo'sh qolgan darvozasini ishg'ol qildi.


18. "Dinamo"da standart vaziyat. Ijro noaniq.

Hakam VAR monitori orqali ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqdi va qarorini o'zgartirmadi.

9. Alijonov to'p uchun kurashda Hojimirzaevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

6. Turg'unboevning zarbasini Yagudin egalladi.

5. Katta tezlikda raqib jarima maydoniga yorib kirayotgan Riaskos O'rozov tomonidan qo'pollik bilan to'xtatildi. Sariq kartochka.

2. Pletnyoning jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

1. O'yin boshlandi. "Dinamo" oq, "Paxtakor" to'q binafsharang libosda harakat qiladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика