Viktor Karpenko: "Ruhan tiklanib olsak, yuqoriga ko'tarilamiz"
13 avg 23:35
Yangiliklar


Viktor Karpenko: "Ruhan tiklanib olsak, yuqoriga ko'tarilamiz"
- O'yin haqida fikringiz?
- O'ylaymanki, uchrashuv muxlislarga yoqdi. Har ikki jamoa ham bor kuchini ko'rsatishga harakat qildi. Durang adolatli natija bo'ldi. Vaziyatlardan kelib chiqsak, raqib ham, biz ham bittadan ko'p gol ura olmadik.
- O'tkazib yuborilgan golga munosabatingiz qanday?
- Mashg'ulotlarda o'yindan tashqari holatni yuzaga keltirish bo'yicha ishlayapmiz. Futbolchilarni bir chiziqqa qo'yib to'g'ri himoyalanishni o'rgatamiz. Ammo o'yinda hammasi biz o'ylagandek kechmaydi. Qarshi hujumda gol o'tkazib yubordiq, to'pni vaqtida raqibdan olib qo'ya olmadik. O'sha vaziyatda nima qilib bo'lsa-da to'pni olib qo'yishimiz kerak edi.
- "Buxoro" o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoalar qtorida boryapti. Bu himoya chizig'idagi xatolar bilan bog'liqmi?
- Jamoa ko'p gol o'tkazsa himoyada xatolar borligini bildiradi. Lekin biz o'z o'rnida ko'p vaziyatlar yaratib kam gol uryapmiz. Demak, hujumda ham kamchiliklar bor. Bu psixologiya bilan bog'liq bo'lsa kerak. O'tkazib yuborilgan ko'p gollar juda g'alati bo'lyapti. Lekin bu bilan faqat himoyachilar yoki darvozabonni ayblamoqchi emasman. Chunki gol urganimizda butun jamoaning yordami tekkani kabi o'tkazganimizda ham butun jamoa xatosi bo'ladi.
- Mavsum oxirigacha jamoangiz autsayderlar qatoridan chiqib keta oladimi?
- Buning ustida ishlashda davom etamiz. O'yin tomonlama yutqazayotganimiz yo'q, vaziyatlar ham ko'p bo'lyapti. Hammasi o'z qo'limizda. Ruhan tiklanib olsak, yuqoriga ko'tarilamiz. Biz bemalol o'ntalikka kirib olishimiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar