So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Rivaldo bilan bir jamoada to'p tepish baxtiga muyassar bo'lgan Abduqahhor Hojiakbarov 31 yoshga to'ldi Yangiliklar

Rivaldo bilan bir jamoada to'p tepish baxtiga muyassar bo'lgan Abduqahhor Hojiakbarov 31 yoshga to'ldi

Bugun "Surxon" jamoasining tajribali futbolchisi Abduqahhor Hojiakbarov tavallud kunini nishonlamoqda.

Qahramonimiz bugun 31 yoshni qarshi olmoqda. Abduqahhor Hojiakbarov saytimizga bergan intervyusida futbolga qanday kirib kelgani va "Bunyodkor"dagi sarguzashtlari haqida quyidagicha fikr bildirgandi.

"9 yoshimda MHSK futbol maktabiga borgandim. Dastlab borganimda 1989 yilda tug'ilganlar uchun sinf ochilmagandi. SHu bois 1987 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan shug'ullanib yurgandim. Sahob Jo'raev va boshqa mashhur o'zimdan ikki yosh katta o'yinchilar bilan o'ynardim. Keyin o'zim tengilar bilan shug'ullanishni boshlagandim. U erda Dilshod Arslonov, Ruslan Ibragimov hamda Temurxo'ja Abduxoliqovning otasi Zoir Abduxoliqov kabi murabbiylar bilan ishlaganman. 

"Bunyodkor" faoliyatimda juda yorqin iz qoldirgan. Katta futbolga kirib kelishimga aynan shu klub sababchi bo'lgan. Bu jamoada dunyoga mashhur murabbiy bilan ishladim, mashhur futbolchilar bilan birga faoliyat olib bordim. Esimda 2009 yilda MHSK stadioniga ispaniyalik jahonga mashhur futbolchilar Karles Puyol, Andres Inesta va Francesk Fabregas kelib master klass o'tib berishgandi. SHu o'yinchilar bilan bir jamoada futbol o'ynaganimiz hech qachon yodimdan chiqmaydi.

Irimlarga ishonmayman. Yashil maydonga yaratgandan jarohat olmaslikni va yuzimiz yorug' bo'lishini so'rab maydonga tushaman. 

Murabbiylarim haqida gapiradigan bo'lsam, Skolari – kuchli mutaxassis, mashg'ulotlari juda qiziqarli o'tardi, gohida qattiqqo'l, gohida hazilkash bo'lardi. Skolari yigitlarga erkinlik yaratib bergandi. Kechki payt nima qilsang ham ertasiga maydonga tushib yaxshi futbol o'ynab bersang bas derdi. Hech qanday taqiq qo'yilmasdi. Barchamiz professional edik, shu bois o'zimizdan ketib qolmasdik va rejimda ushlab turardik. Mirjalol Qosimov - yoshlarga etibor qaratardilar. Ammo o'sha paytda jamoada raqobat juda kuchli bo'lgani uchun kam maydonga tushgandim. Igor SHkvirin – o'rinbosarlar tarkibida o'ynab yurganimda mening harakatlarimni ko'rib “Olmaliq”qa taklif qilgan va asosiy tarkibdan joy bergandi. Amet Memet – juda qattiqqo'l murabbiy. Tachmurad Agamurodov – tajribali murabbiy, barcha narsaga jiddiy va professional tarzda qaraydi. Ahmad Ubaydullaev -  bu murabbiy bilan uncha ko'p ishlamaganmiz. O'z ishining ustalaridan biri. Vadim Abramovni qattiq hurmat qilaman, o'rinbosarlar safida o'ynayotgan bo'lsam ham olimpiya terma jamoasiga chaqirardi. 

Vadim Abramov ko'p maqtardi. Olimpiya terma jamoasi safida mashg'ulotlardan oldin doim “Barselona” o'yinini ko'rib tahlil qilardik. Mening harakatlarim Dani Alveshga o'xshashib ketgani uchun maqtardi. O'zim ham shunday futbolchiga havas qilardim". 

Saytimiz xodimlari nomidan Abduqahhor Hojiakbarovga sog'lik va salomatlik, faoliyatida esa ulkan zafarlar tilab qolamiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика