Angliya - Kosta-Rika: jamoalar o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini ob-havo sharoiti tufayli kechiktirildi

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2026, 00:12
Angliya va Kosta-Rika terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi vaqti o'zgardi.

O'yin boshlanishi uchrashuv bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Orlando (AQSH) shahridagi ob-havo sharoiti tufayli kechiktirildi.

O'yin AQSHning Orlando shahridagi "Eksploriya" stadionida bo'lib o'tadi.

Angliya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi. Jahon birinchiligida Angliya terma jamoasi L guruhida Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Kosta-Rika esa Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Jamoa saralash guruhida faqat uchinchi o'rinni egalladi.

2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha uchta mamlakat: AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com