

Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqdagi ma'lumotiga ko'ra, har ikki klub 21 yoshli portugaliyalik futbolchini qo'lga kiritish bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.
"Vest Xem" Premer-ligani tark etganiga qaramay, klub o'yinchining sotuvidan sezilarli mablag' olishi mumkin. "Vest Xem" asosiy futbolchilari bilan xayrlashishga tayyor va Chempionshipga tushib ketgandan keyingi moliyaviy yo'qotishlarni qoplash uchun Fernandeshga 90 million evrodan kam bo'lmagan narx belgiladi.
Fernandesh 2025 yilning avgust oyida "Sautgempton"dan 44 million evro evaziga "Vest Xem"ga o'tgan edi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt Fernandeshni 50 million evroga baholamoqda.



