"Taxminimcha, keyingi bosqichda "Nasaf" bilan to'qnash kelsak kerak" - Abdumavlon Abdujalilov

Iskandarov Abdulaziz
2 iyun 2026, 14:30
"Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov O'zbekiston Kubogining keyingi bosqich qur'asi hamda bo'lajak raqiblar haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

“Menimcha, bizga "Nasaf" raqib bo'lsa kerak. Agar "Nasaf" bilan to'qnash kelsak, juda qiziqarli va shiddatli o'yin bo'ladi.

Shuningdek, Kubok bahslarida Proliga jamoalari bilan o'ynash ancha qiyinroq kechadi deb hisoblayman, chunki ular Superliga jamoalariga qarshi uchrashuvlarda maydonga butunlay boshqacha ishtiyoq, motivaciya va kuch bilan tushishadi.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" jamoasi "E" guruhida barcha raqiblarini mag'lub etib, 9 ochko to'plagan holda keyingi bosqich ishtirokchisiga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia