"Real"ning bir qator futbolchilari safga qaytdi
02 jan 2020 22:57
Yangiliklar
"Real"ning bir qator futbolchilari safga qaytdi
Madridning "Real" klubi futbolchilari Marselo va Lukas Vaskes jarohatlaridan forig' bo'lishdi.
Bu haqida "Marca" nashri xabar tarqatdi. Ular allaqachon umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishgan. Ikkala futbolchi ham La Liganing keyingi turida ("Xetafe"ga qarshi, 4 yanvar) maydonga tushmaydi. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan ularning sog'ligi bilan hazillashmoqchi emas. SHuningdek, yarim himoyachi Xames Rodriges ham jarohatdan to'liq tiklangani aytilmoqda.
Ular Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan Ispaniya Superkubogi doirasidagi uchrashuvlarda maydonga tushishlari mumkin. Eslatib o'tamiz, "Real" 8 yanvar kuni Superkubok yarim finalida "Valensiya" bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar