"Real"ning azaliy raqibi Lunin uchun 25 mln evro berishga tayyor
09 may 19:54
Yangiliklar
"Atletiko" "Real"ning ukrainalik darvozaboni Andrey Luninni safiga qo'shib olish istagida.
"Defensa Central"ning xabar berishicha, "matraschilar" Luninda o'yin amaliyoti etarli emasligi tufayli uning noroziligidan foydalanib qolishlari mumkin. "Atletiko" u uchun 25 mln evro ajratishga tyyor.
Biroq "Real"ning o'z azaliy raqibiga futbolchisini sotishi ehtimoldan yiroq.
Eslatib o'tamiz, Luninning "Real" bilan bitimi 2030 yilgacha mo'ljallangan, ammo tomonlar o'rtasida og'zaki kelishuv mavjud bo'lib, unga ko'ra ukrainalik futbolchi yaxshi taklif olgan taqdirda klubni tark etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar