“Real” so'nggi 32 yildagi eng yaxshi natijani ko'rsatdi
05 jan 2020 19:55
Yangiliklar
“Real” so'nggi 32 yildagi eng yaxshi natijani ko'rsatdi
“Real” La Liga joriy mavsum ilk davrasini 40 ochko to'plagan holda, 2 o'rinda yakunladi.
Faqatgina to'plar nisbatiga ko'ra, madridliklar bir xil ochkoga ega “Barselona”dan pastroqda turibdi.
SHu vaqtga qadar, Zinedin Zidan shogirdlari chempionatda 12ta gol o'tkazib yuborishdi va bu borada 1987/88 mavsumdagi natijani takrorlashdi.
Jamoaning asosiy posboni Tibo Kurtua 16 o'yinda qatnashib, 9 o'yinni quruq o'tkazdi. Zaxira kiperi Alfons Areolya esa 3 bahsning bittasida darvozasidan gol olib chiqmadi.
Avvalgi mavsum “qirollik klubi” birinchi davrani 24ta gol o'tkazgan holda tugatgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar