"Real" Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirmasa, uni 2021 yilda 180 mlnga xarid qilishga tayyor, oldinroq o'yinchining onasi ispan klubiga murojaat qilgan edi
14 noy 2020 14:20
Yangiliklar
"Real" Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirmasa, uni 2021 yilda 180 mlnga xarid qilishga tayyor, oldinroq o'yinchining onasi ispan klubiga murojaat qilgan edi
21 yoshli franciyalik futbolchining shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Real" agar parijliklar kelasi yozgacha futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olishmasa, futbolchini o'z tarkiblariga qo'shib olishlariga ishonishadi.
Madridliklar bunday holatda bitim taxminan 180 million evroga tushadi deb hisoblashmoqda.
Mbappe 3 bor PSJ bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Futbolchi agar unda tovon puli bo'lsa, yangi bitim tuzishi mumkin.
Bunday qadam esa "Real" uchun muammoga aylanadi, chunki tovon puli "qaymoqranglilar" to'lashga tayyor bo'lib turgan 180 mlndan baland bo'lishi deyarli aniq.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Mbappening onasi o'g'lining "Pari Sen-Jermen" bilan shartnomasini uzaytirmasligi haqida Ispaniya klubiga murojaat qilgan edi.
Fikrlar