"Real" klublar o'rtasidagi JCHdan qancha pul ishlab olishi mumkin?
28 dek 2024 16:35
Yangiliklar
"Real" klublar o'rtasidagi JCHdan qancha pul ishlab olishi mumkin?
"Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ishtiroki uchun qancha mablag' olishi malum bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, Madrid klubi guruh bosqichidagi ishtiroki uchun kafolatlangan 30 mln. evroga ega bo'ladi. "Qaymoqranglilar" ushbu bosqichdagi barcha bahslarda g'alaba qozonishsa mablag' 35 mln. evroga etadi.
Agar "Real" yarim finalgacha chiqsa ular ishlab topgan umumiy pul 60 mln. evroni tashkil qildi. Finalga etib borishsa ushbu mablag' 80 mln. evroga etadi.
Musobaqadagi g'alaba "Qirollik klubi" uchun umumiy qilib hisoblaganda 100 mln. evro mukofot pulini taqdim qiladi.
To'lovlarni taqsimlashda UEFA koefficientlar reytingi, klubning marketing qiymati va telehuquqlarning bozor narxi hisobga olinadi.
Yangi formatdagi klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2025 yil AQSHda bo'lib o'tadi. Unda 32ta jamoa ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar