"Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuviga qo'shimcha chiptalar sotuvga chiqariladi
21 noy 07:29
Yangiliklar
"Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuviga qo'shimcha chiptalar sotuvga chiqariladi
Shu boisdan Farg'ona viloyati hokimligi muxlislar uchun qulaylik yaratish uchun yana tahminan 2 mingtaga yaqin chiptalarni bugun sotuvga chiqaradi.
"Ayni paytda Superliganing 29-tur doirasida o'tkaziladigan "Neftchi" – "Qizilqum" bellashuviga qiziqish nihoyatda yuqori bo'lganligi sababli, Farg'ona viloyati hokimligi va jamoamiz rahbariyati ko'p ming sonli muxlislarimizning talab va istaklarini inobatga olib, Farg'ona viloyati IIB hamda Milliy gvardiya Farg'ona viloyati boshqarmasi bilan kelishilgan holda:
— tartibni saqlash xodimlari, mehmonlar ,shuningdek VIP va CIP sektorlarda ajratilgan joylarga qo'shimcha jami 1961 dona chiptalar chiqarilishi va ushbu chiptalar sotuvga qo'yilishi haqida qaror qabul qilindi.
Malumot o'rnida: Qo'shimcha tarzda sotuvga chiqarilgan chiptalarni muxlislarimiz faqat ikki dona oshmagan holda sotib olish huquqiga ega bo'ladilar.
Chiptalar "Istiqlol" stadionining har ikki — orqa tomondagi va old tomondagi kassalarda soat 10:00 dan boshlab sotuvga chiqariladi", - deyilgan klub tomonidan berilgan xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar
Билет талашганларни йиглашини томоша килардим
Кўп гапирмасдан эртага телевизорни тагига яхшилаб жойлашиб олинглар,
Бизни стадионда нишонлашимизни мазза қилиб томоша қиласизлар