FIFA reytingi yangilandi: O'zbekiston besh pog'ona yuqorilab, Osiyoning beshinchi jamoasiga aylandi
19 noy 21:09
Yangiliklar
FIFA reytingi yangilandi: O'zbekiston besh pog'ona yuqorilab, Osiyoning beshinchi jamoasiga aylandi
FIFA o'zining yangi reytingini elon qildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu reytingda besh pog'ona yuqorilab, 50-o'rinni band etdi. Bundan oldingi reytingda O'zbekiston 55-o'rinda qayd etilgandi.
Misr ustidan qozonilgan g'alaba va Eronni penaltilar seriyasida engganimiz uchun reytingda 9.69 ochko qo'lga kiritildi va hozirda umumiy hisobda 1462.03 ballga egamiz.
Yangi reytingga ko'ra O'zbekiston Qatarni quvib o'tib, Osiyoning beshinchi jamoasiga aylandi. Bizdan tepada Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya va Avstraliya bor.
To'liq ro'yxat etibor berilsa, kuchli to'rtlikda o'zgarish yo'qligini ko'rish mumkin: 1. Ispaniya, 2. Argentina, 3.Franciya, 4. Angliya. Braziliya termasi esa ikki pog'ona yuqorilab, beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar
Шу билан ўз ўрнини Қатар, БАА каби араб давлатларига бермаган бўларди.