"Real"ning argentinalik futbolchisi Mastantuono Lamin Yamal haqida to'xtaldi
20 noy 2025 11:56
Yangiliklar
"Real"ning argentinalik futbolchisi Mastantuono Lamin Yamal haqida to'xtaldi
"Real"ning argentinalik vingeri Yamalning iqtidorini tan oldi.
"Real" 18 yoshli vingeri Franko Mastantuono uni "Barselona" azosi Lamin Yamal bilan taqqoslashlari haqida fikr bildirdi.
"Lamin hozirda yaxshiroq o'ynamoqda, ajoyib darajada o'zini ko'rsatmoqda. Men "Real"ga endigina keldim va moslashish davridaman. Umid qilamanki, bu tez bo'ladi va men kirishib ketaman. Madriddagi tarixim uzoq bo'lishini, "Barselona"ga qarshi so'nggi o'yindagi kabi ko'plab o'yinlar bo'lishini istayman. Bu ajoyib edi", – dedi Mastantuono.
Mastantuono ushbu mavsum barcha musobaqalarda 12 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, ammo u "Real"dagi yorqin onlari oldinda ekaniga ishonadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar