O'FA Turkiyaning etakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda Yangi Toshkent Markaziy futbol o'yingohini bo'yicha loyihalar taqdim etildi
19 noy 23:28
Yangiliklar
O'FA Turkiyaning etakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda Yangi Toshkent Markaziy futbol o'yingohini bo'yicha loyihalar taqdim etildi
Mazkur uchrashuv davomida Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari — "KOC Construction” va “Bahadir Kul Architects” vakillari O'zbekistonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan Yangi Toshkent Markaziy futbol o'yingohi bo'yicha o'zlarining konceptual loyihalarini taqdim etdilar.
Taqdimot jarayonida mehmonlar stadionning arxitektura echimlari, konstruktiv imkoniyatlari, muxlislar uchun yaratiladigan zamonaviy infratuzilma va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, sportchilar hamda texnik xodimlar uchun mo'ljallangan ichki majmualar haqida batafsil malumot berdilar.
O'FA rahbariyati loyiha bo'yicha o'z taklif va tavsiyalarini bildirib, stadion qurilishida barcha texnik meyorlar va jarayonlarning FIFA talablariga to'liq mos bo'lishi zarurligini alohida takidladi. Shuningdek, muxlislar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilishi lozimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish va loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan kelishib oldilar.
Malumot uchun, "KOC Construction” kompaniyasi yaqindagina Terma jamoalar milliy markazini qurib, topshirgandi. “Bahadir Kul Architects” kompaniyasi "Konya", "Frayburg" kabi stadionlar loyihalarining muallifi hisoblanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar