Rasman: “Barselona” Valverdeni ishdan bo'shatdi
14 jan 2020 08:30
Yangiliklar
Rasman: “Barselona” Valverdeni ishdan bo'shatdi
Kataloniya klubi bosh murabbiyi istefoga chiqarildi.
Ernesto Valverde dushanba kuni “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu hamda klub direktorlari bilan uchrashuvdan so'ng ishdan bo'shatildi.
Tomonlar o'zaro shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Valverde boshliq “Barselona” Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Atletiko”ga mag'lub bo'lgandi.
55 yoshli Ernesto “Barselona”ni 2017 yildan beri boshqarib kelayotgandi. Jamoa uning qo'l ostida 163 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 108 ta g'alaba (66,25 foiz), 35 ta durang hamda 20 ta mag'lubiyat qayd etdi. “Barsa” murabbiy qo'l ostida ikki bor Ispaniya chempioni bo'ldi, bir martadan mamlakat kubogi hamda Superkubogiga ega chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar