Rakitich qaysi klubga o'tishni xohlayotganini shama qildi
04 dek 2019 11:30
Yangiliklar
Xorvatiyalik futbolchi intervyuda Sevilyaga qaytishni orzu qilishini aytdi.
"Hech qachon kelajakda nima sodir bo'lishini bilmaysan. Mening g'oyam "Barselona"da o'ynashni davom ettirish. Ammo tan olamanki, "Ramon Sanches Pisxuan"ga qaytishdan xursand bo'lar edim.
Men har doim "Sevilya" libosini kiyishim yoqimli bo'ladi deb aytganman. Umid qilamanki, men buni qila olaman", - deydi Ivan Rakitich.
Eslatib o'tamiz, Rakitich "Barselona"da o'yin amaliyoti kamligidan norozi. Unga "Atletiko", "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar