Pike yozda yana bir klubni sotib olishga yaqin bo'lgan
10 okt 2019 23:41
Yangiliklar
Pike yozda yana bir klubni sotib olishga yaqin bo'lgan
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike o'tgan yozda Angliyaning "Notts Kaunti" klubini sotib olishni rejalashtirgandi.
"ESPN" xabariga ko'ra, futbolchiga tegishli bo'lgan "Kosmos Global Holding" kompaniyasi klub rahbariyati bilan bu borada muzokaralar olib borgan. Biroq klubning sobiq egasi Alan Xardining soliqdan va futbolchilardan qarzi tufayli savdo amalga oshmagan. Keyinchalik klub boshqa bir biznesmenga sotilgan.
Eslatib o'tamiz, Pike ayni damda Ispaniyaning 3-divizionida qatnashayotgan "Andorra" klubining egasi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar