So’nggi yangiliklar

17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  1 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  6 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  0 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  17 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  2 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  3 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  11 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  21 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  29 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  10 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  1 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2

O'zPFL Turkiya klublar birligi bilan hamkorlik aloqalarini boshladi Yangiliklar

O'zPFL Turkiya klublar birligi bilan hamkorlik aloqalarini boshladi

Teglar :  PFL
12-13 oktyabr kunlari Liga vakillari Jahon futbol ligalari associaciyasining yillik forumida ishtirok etgandi.

O'tgan yil Dubaydagi va bu yil Varshavadagi forum davomida O'zbekiston hamda Turkiya futboli tashkilotlari o'rtasida iliq munosabatlar yo'lga qo'yildi.

Varshavadagi uchrashuv davomida Liga rahbari Diyor Imomxo'jaev hamda Turkiya klublar birligi bosh kotibi doktor CHag'ri Ilk O'zbekiston Superligasi klublarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun Istanbulda o'quv-seminar tashkil etish masalasida fikr almashgandi. 28-noyabr kuni mazkur masalada yakuniy kelishuvga erishildi.

SHu yilning 7-11 dekabr kunlari Superliganing 7 ta hamda Proliganing 4 ta klubidan bo'lgan jami 20 nafar mutaxassis Istanbulga tashrif buyuradi. Uning doirasida o'zbekistonlik mutaxassislar uchun 3 ta asosiy mavzuda: “Futbolchilar selekciyasi hamda futbol agentlari bilan ishlash”, “Futbol uchrashuvlarini tashkil etish va muxlislar bilan ishlash”, “Marketing va chiptalar savdosi” bo'yicha seminar bo'lib o'tadi. Bunda futbol klublarining 2024-yilgi mavsumga tayyorgarlik ko'rishi va aniq rejalar ishlab chiqishiga ko'maklashish ko'zda tutilgan.

Seminarlar davomida Fenerbahche klubining rahbarlik organlarida faoliyat olib borayotgan O'kan O'zkan, Tezjan SHayli, Egemen Ergyuden, Galatasaray vakillari Murat Ersoy, Jenk Ergun, Nachi Jansun, shuningdek, Turkiya klublar birligi bosh kotibi doktor CHag'ri Ilk o'z maruza va taqdimotlari bilan ishtirok etadi. O'zbekistonlik mutaxassislar o'z klubi faoliyati bilan solishtirish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun Fenerbahche hamda Galatasaray klublari tuzilmasi bilan to'liq tanishtiriladi, ularga mazkur klublar infratuzilmasi, ish faoliyati to'liq ko'rsatiladi.

Seminar ishtirokchilari Turkiya futbol associaciyasiga qarashli sport markazi bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo'ladi. Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol associaciyasi ham bugungi kunda o'z futbol markazini tashkil etish va uni ishga tushirish ishlarini olib bormoqda. Mazkur qadam mamlakat futbolini yangi bosqichga olib chiqish yo'lida nechog'li muhim ekanligini O'FA mutaxassislari Marokash hamda Vengriya misolida o'rganib qaytishgandi. Bu borada Turkiyada yaratilgan sharoit ham o'zbekistonlik mutaxassislar etirofiga sazovor bo'lishiga shubha yo'q.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика